"Yunayted" Laport uchun 30 million funt to'lashga majbur bo'ladi
21 mar 2015 16:29
Yangiliklar

"Yunayted" Laport uchun 30 million funt to'lashga majbur bo'ladi
"Manchester Yunayted" hamon "Atletik" markaziy himoyachisi Emerik Laportga qiziqishda davom etmoqda, biroq futbolchining transfer narxi 30.3 million funtga teng ekanligi transferga rahna solmoqda.
The Guardian nashrining xabariga ko'ra, keyingi yozda MYU ustozi Lui Van Gal jamoa himoyasidagi muammolarni hal qilish uchun ikki nafar yangi futbolchi sotib olmoqchi. Gollandiyalik murabbiy ro'yxatida 20 yoshli Laport ham bor.
Emerik "Atletik"ning asosiy futbolchisi sanaladi va "Real", "Manchester Siti" hamda "Arsenal" klublari qiziqishiga sabab bo'lib ulgurdi. "Qizil iblislar" ispaniyalik futbolchi uchun boshqa klublar bilan jiddiy raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
Bundan tashqari Laportning "Atletik" bilan tuzgan shartnomasiga ko'ra transfer narxi 30.3 million funtga teng.

Fikrlar