So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Yulduzlar fabrikasi – “Portu” Yangiliklar

Yulduzlar fabrikasi – “Portu”

“Portu” so'nggi 10 yil ichida futbolchilarni sotishdan 650 million evro ishlab topishga erishdi.

Xames, Falkao va Xalk kabi o'yinchilar aynan ushbu klubda yorqin faoliyatga asos solishgan. Futbolchilarni tarbiyalashda ajoyib ko'rsatkichlarga erishib kelayotgan Portugaliya grandining qanday ishlashi to'g'risida malumot berib o'tamiz.

Raqobatchi skautlar
“Portu”ning muvaffaqiyatlari ishni tashkil qilishda asosiy uch sabab bilan izohlanadi, ularning har biri maksimal natija keltirishi lozim. Birinchisi – selekciya xizmati, jahon bo'ylab iqtidorlarni qidiradi. Xorijda 250 nafardan ortiq skautlar faoliyat olib boradi. Ular imkon qadar ko'proq mamlakatlarni qamrab olishga intilishadi. Mamlakat ichida ham o'yinchining potencialidan kelib chiqqan holda bir necha darajaga bo'lingan.

250 skaut juda ko'p, ammo kichik bir omadli transfer bilan ularning xarajatlari qoplab yuboriladi. Klub ko'proq o'rtakashlar bilan ishlashdan ko'ra o'z xodimlari bilan ishlashni maqul ko'radi. Skautlar javobgarlik darajasiga qarab ajratilgan. Masalan, bir futbolchini bir necha skaut kuzatib, alohida fikrlarini taqdim etishadi. Keyin ularning xulosasi taqqoslanib, umumiy taassurot paydo bo'ladi.

“Portu” menejerlar uchun pulni sarflashi mumkin. iqtidorli futbolchining o'sishi uchun yaxshiroq sharoitni taqdim etadi – bu klub falsafasining ikkinchi bandi. Va ularni afuslanishsiz qo'yib yuboradi. Bu jarayonni yakunlab beradigan uchinchi unsurdir.

Klub o'zaro bog'langan turli yo'nalishlarda ishlaydi. Xorijliklar birinchi jamoani kuchaytirish uchun qidiriladi. Portugaliya ichida esa iqtidorlarni qidirishdaasosiy raqobatchi “Benfika” bo'lib kelmoqda. “Sporting” o'z poziciyasini boy berib ulgurdi. SHuningdek, klubning o'z akademiyasi mavjud.


Yulduzlarni tarbiyalash
Akademiya uchun futbolchilar Portugaliyadagi 20 maktabdan tanlab olinadi. Bu maktablarda bolalar 7 yoshgacha shug'ullanadi va keyin eng iqtidorlilari akademiyaga taklif etiladi. Bolalar va o'smirlar jamoalarida jamoalar 4-3-3 taktik sxemasida harakat qilishadi. Bu uslub tanlanishi sababi futbolchilarning individual o'sishiga katta yordam berishidir. Futbolchilarning asosan o'yinni qabul qilish xislatiga etibor qaratiladi. Jamoaviy sxemaga bog'liqlikdan ko'ra bu jihat muhimroq sanaladi. 8 yoshdan boshlab bolalar to'pni yo'qotgandan so'ng kurashga kirishadi, raqib tarafda bosim uyushtiriladi, o'yinni o'ziga olish va bosim ostida foydali qarorlar qabul qilishga o'rgatiladi. 16 yoshdan ular asosiy tarkib bilan shug'ullanishni boshlashadi.

Bunday maktabda tarbiyalangan futbolchilarning jamoaviy o'yindan ko'ra alohida mahorati shakllangan bo'ladi. Klub rahbariyati buni tan oladi – ularning yulduzlari jamoaviy o'yinchilar emas. Aynan shundan ko'proq pul ishlab topish mumkin.

Kelajakka qadamni rejalashtirish
“Portu” tarbiyalanuvchisi Rikardu Karvalyu “CHelsi”ga 2004 yil sotib yuborilgan. Bu paytda uning o'rniga futbolchi tayyor edi – “Maritimu”dan Pepe 2 million evro evaziga sotib olingandi. Bu o'sha davr uchun Portugaliyada yomon pul emasdi. Karvalyu esa 30 million evroga pullab yuborilgan. Pepe uch mavsum o'ynagach, “Real” uni 30 millionga xarid qildi. Bu paytda akademiya tarbiyalanuvchisi Brunu Alvesh raqobat yuzaga keltirgandi. Alveshga “Zenit” qiziqqanda esa klub bir necha nomzodlar orasidan tanlovini amalga oshirdi. Va “Veles Sarsfild”dan yosh Nikolas Otamendi tanlab olindi. Uch markaziy himoyachini almashtirish va kelajak uchun sarflangan foydali mablag'. Ushbu futbolchilardan “Portu” 94 million evro foyda ko'rgan.


Natija
Oxirgi 12 yil ichida klub 810 million evroga teng o'yinchilarni pulladi. Mourino bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqilgach, haqiqiy bozor boshlangan. Dastlab Deku va Rikardu Karvalyu ketgan. So'ng Manishe, Koshtinya  va boshqalar Moskvaning “Dinamo” klubida portugaliyaliklarning omadsiz diasporasini tashkil qilishgandi. Ular orasida hozirgi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu ham bo'lib, bir mavsum mobaynida “Dinamo” sharafini himoya qilgan.
Anderson “Yunayted”ga 30 million, Kuarejma “Inter”ga 25 million evro evaziga sotib yuborilgan. Haligacha “Portu” iqtidorlarni qidirib topishda ustasi farang va bazi jamoalar ortiqcha baho berilgan o'yinchilarda pand egan. Ammo hamon bu klub futbolchilariga xaridorlar etarlicha topiladi.

Xalk
2008 yil “Tokio Verdi”dan qiyin uslubda sotib olingan. Uning 50 foiz huquqi 6 million evroga tushgan, umumiy bahosi 20 million deb belgilangan. “Portu”da 4 mavsum o'ynagandan keyin “Zenit”ga 40 million evaziga sotib yuborilgan. Portugaliyada 169 uchrashuvda 78 gol urgan va 60 golli to'p oshirishni uddalagan.

Falkao
2009 yil “River Pleyt”dan 5,5 millionga xarid qilingan. Ikki mavsum o'ynadi, 87 bahsda 72 gol va 17 golli pas muallifiga aylandi. “Atletiko” Falkao uchun 40 million to'lagan.


Xames Rodriges
“Banfild”dan 2010 yil 7 million evroga sotib olingan. Uch mavsum davomida 106 bellashuvda 31 to'p kiritib, 39 golli pas muallifi bo'lgan. “Monako” Xames uchun 45 million to'lashga rozi bo'lgan.

Jekson Martines
2012 yil Jekson uchun “Xaguares”ga 9 million evro to'langan. “Portu”da uch mavsum to'p tepdi. 134 uchrashuvda 92 gol urdi. “Atletiko” uni ham xarid qilgan -37 million evro sarflab.

Bu faqat hujumga moslashgan futbolchilar edi. Yana ko'plab transferlar amalga oshirilgan, ammo biz narxi 20 milliondan ortiqni tashkil qilganlarni keltirib o'tamiz.

Himoyachilar: Aleks Sandro, Danilo, Eliakim Mangalya, Brunu Alvesh, Pepe. Yarim himoyachilar: Joau Moutino, Anderson, Lucho Gonsales, Imbula, Kuarejma. Yana bunga Nikolas Otamendi, Raul Meyreleshni qo'shing. Deyarli orzudagi jamoa paydo bo'ladi. Ehtimol, Nunu Santu hozir ham orzudagi jamoani boshqarayotgandir, ammo bu 2-3 yildan keyin malum bo'ladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика