So’nggi yangiliklar

14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0 13:55"Малага"нинг ёш вингери "Реал" ва "Барселона" эътиборига тушди  0 13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   12 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   3 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  3 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  7 12:21АПЛнинг уч клуби Пулишични кузатмоқда  1 12:00Лаосдан гапирамиз  19 11:47Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйин учун тахминий таркиблари  25 11:26Бундеслиганинг энг яхши тўпурари "Бавария"га ўтишни истамоқда  0 10:51«Реал Мадрид»нинг қишдаги режалари маълум  0 10:18Поль Погба келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:42«Манчестер Юнайтед» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  0 09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  5

Yulduz SHodieva: "Erkaklar futboliga qaratilayotgan etiborning o'n foizi ayollar futboliga qaratilsa juda ham katta o'zgarishlar bo'lar edi" Yangiliklar

Yulduz SHodieva: "Erkaklar futboliga qaratilayotgan etiborning o'n foizi ayollar futboliga qaratilsa juda ham katta o'zgarishlar bo'lar edi"

Ayni vaqtda futbol bo'yicha Superliga uchrashuvlari qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Ushbu musobaqa bilan paralel tarzda ayollar futbolida ham Oliy liga uchrashuvlari ham kutilmagan natijalar bilan davom ettirilmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz aynan ayollar futbolida yani Oliy ligada Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Yulduz SHodieva bo'ladi.

- Dastlab futbolga kirib kelishingiz haqida qisqacha...

- To'g'risini aytganda futbolga tasodif orqali kirib kelganman. Aslida futbolni ko'pchilik futbolchilarga o'xshab yoqtirib qolmaganman. Bir kuni dugonam bilan stadion yonidan sayohat qila turib, ko'zimiz maydonda mashg'ulot o'tkazayotgan qizlarga tushdi va dugonam bilan ushbu vaziyatni diqqatlik bilan ko'zatdik. Mashg'ulot tugagandan keyin ikkalamizda ham futbol mashg'ulotlariga kelish fikri o'yg'ondi. Ertasiga biz stadionga mashg'ulotga qatnashish uchun tashrif buyurdik va aynan o'sha kundan boshlab men yashil maydondaman. Yuqorida aytganimdek boshida futbol yoqmagan. Hozirda esa xayotimning ajralmas bir bo'lagi bo'lib qolgan.

- Yulduz taqdir taqazosi bilan xayotingizning ajralmas bo'lagiga aylangan futbolni tark etish to'g'ri kelsa qanday yo'l tutasiz?

- To'g'ri qiz bolaga futbolda umrbod qolish qiyin. Ammo iloji boricha maydonda qolaman. Hech bo'lmaganda murabbiy sifatida meni ko'rishingiz mumkin. 

- Yulduz endi maydonga qaytamiz va jiddiy savollarni qabul qilasiz. Ayni vaqtga kelib “So'g'dina” ayollar jamoasi Oliy ligada sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bora oladimi?. O'sha liderlar “Sevinch”, “Bunyodkor” va shulari qatoridagi jamoalarga qarshilik ko'rsatishga kuch etadimi?

- Bilasizmi? Har bir jamoada mavsum boshida maqsad bo'ladi va mana shu maqsad sari xar qanday to'siqni engib o'tishga harakat qiladi. O'sha maqsadi uchun tinmasdan mashg'ulotlar o'tkazadi. Bizning jamoamizda ham ana shunday maqsad bor. Biz maqsadimizga erishishimiz uchun siz aytgan “liderlar” ga etarlicha qarshilik ko'rsatamiz deb o'ylayman. Bunga kuchimiz ham salohiyatimiz ham etadi.



- Bilamizki, “So'g'diyona” jamoasiga shu mavsumdan ivuarlik legioner futbolchi kelib qo'shildi. Ushbu futbolchi bilan chiqishib ketdingizlarmi?

- Periale Rosacherne bilan biz judayam inoqmiz. U ingliz tilini juda yaxshi biladi va biz bilan muommosiz suhbatlasha oladi. Qolaversa uning mashg'ulotlardagi harakatlari bizga yoqmoqda. To'g'ri xozirda u maydonda ko'rinish bermayapti. Lekin ishonamanki jamoamizga uning ko'p foydasi tegadi.

- Hozirda sizningcha ayollar futbolidagi tempning pasligi nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? Bizda asosiy kamchilik nima?.

- Menimcha ayollar futbolga etibor kam bo'lmoqda. Bilasizmi? Ko'pchilik jamoalar hattoki o'z bazalariga egamas. Stadionlar ahvolini esa gapirmasa ham bo'ladi. Yana bir tomoni shundaki ayrim jamoalar o'yin kuniga 10 yoki 5 kun qolganida yig'ilib mashg'ulot o'tkazadi va maydonga tushib keladi. Bunday sharoitda qaysi bir jamoa natijaga erishadi. Agarda erkaklar futboliga qaratilyotgan etiborning 10 % bo'lsa ham bizga qaratilsa judayam katta o'zgarishlar bo'ladi. Bu mening fikrim, yana ham bilmadim.

- SHu qatorda ayollar futbolidagi yutuqlarimiz haqida ham qisqacha...

- To'g'ri aytasiz faqat kamchiliklarni emas yutuqlarimizni xam aytib o'tishimiz kerak. Masalan 2005 yilda terma jamoamiz mini futbol bo'yicha Osiyo o'yinlarida 1 o'rinni oldi. 2019 yilda esa 23 yoshli qizlarimizdan iborat termamiz CAFA CUP musobaqasida tengsiz bo'lgani menimcha mamlakatimiz futboli mintaqada oldingi o'rinlarda ekanligi va ayollar futbolidagi ko'plab yutuqlarga yaqqol misol bo'la oladi.



- Siz uchun qiziq savol. Bir necha oy ilgari futbolda qiziq bir qaror chiqdi. Yani ayollar, erkaklar futbol uchrashuvlarida jamoa azosi sifatida maydonda harakat qilishi mumkinligi belgilab qo'yildi. Mana shu malumotga fikringiz qanday?

- Meni fikrim bo'yicha erkaklar futbolida ayollarning to'p tepishi va erkaklar futbolining tempiga xamda shiddatiga bardosh berishiga faqatgina Franciya, Yaponiya va shunga o'xshagan ayollar futbolidagi “favorit” davlat futbolchi qizlarining kuchi etsa kerak. Bizda buni xatto tushda ham orzu qilishmasa bo'ladi.

- Yulduz ajoyib suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz. Muxlislarga tilaklaringiz...

- Sizlarga ham rahmat aytamiz. Etibordaligimizdan xursandmiz. Ayollar futbolida ham temp yuqorilayotganligini va shiddat oshayotganligini muxlislarga takidlab o'tgan bo'lardim. Mamlakatimizdagi pademiya davrida uyqu nimaligini dam olish nimaligini bilmay kelayotgan shifokorlarga esa raxmat aytgan bo'lardim. Muxlislarga esa ulardan omad aslo tark etmasligini tilab qolaman.

SHohruh Meylixolov suhbatlashdi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика