So’nggi yangiliklar

08:07Суперлига. Бугун Наманган ва Тошкентда ўйинлар бор  0 07:42Туркия Суперлигаси. «Кайсериспор» Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда дуранг қайд этилди  0 07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  16 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  4

Izzatilla Abdullaev: "Neftchi"da murabbiy sabab qolishga qaror qildim" Yangiliklar

Izzatilla Abdullaev: "Neftchi"da murabbiy sabab qolishga qaror qildim"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ayni paytda Turkiyada o'quv-mashg'ulot jarayonlarini olib bormoqda.

Vitaliy Levchenko o'tgan mavsumdagi tarkibning o'zagini saqlab qolgan. Ayrim poziciyalar esa kerakli futbolchilar bilan kuchaytirilmoqda. 2022 yilda farg'onaliklarning asosiy figuralaridan biriga aylangan Izzatilla Abdullaev bu yil ham "Neftchi"da to'p tepadi. Futbolchi o'tgan mavsum Superligada 20ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4ta gol urdi, 3ta golga assistentlik qildi. Uning gollari ikkinchi davrada "Olimpik" va "Nasaf"ga bilan bellashuvlarda muhim 4 ochkoni keltirdi. 


- Mavsum yakunlangach "Nasaf"dan taklif bo'lgani rostmi? 

- Bu - futbol. Unda doim turli mish-mishlar bo'lishi tabiiy hol, deb o'ylayman. Rasmiy xabar chiqmaguncha turli gap-so'zlar uchrab turadi. 

- "Neftchi"da qolishingizni asosiy sababi klub tomonidan taklif qilingan yaxshi sharoitmi yoki murabbiy faktori?

- Vitaliy Grigorevich sabab "Neftchi"da bu mavsum ham to'p tepaman. 

- Yakub Blashikovskiy bilan uchrashgan suratingizni ijtimoiy tarmoqqa joyladingiz. Bu qanday yuz berdi? 

- U bilan uchrashuvimiz tasodifan bo'ldi. Keyin bilsak Blashikovskiy to'p tepayotgan jamoa bilan bir mehmonxonada ekanmiz. Balki yana yulduz futbolchini ko'rsak esdalik uchun suratga tusharmiz.  

- Xorijda yig'in o'tkazadigan jamoalar oshib bormoqda. Deylik bu yil Superligadan 12ta jamoa Antaliyada to'planadi...

- Bu ko'proq yaxshi sharoit va maydon bilan bog'liq. Antaliyada mashg'ulot o'tkazish, kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish qulayroq. 

- Jamoalar amalga oshirayotgan transferlarga qarab chempionlik uchun kim favoritligini aytish mumkinmi?

- Menimcha bunday o'ylash noto'g'ri. Hammasini mavsum davomida ko'ramiz. Oldindan biror narsa, deb bo'lmaydi. 

- Superligada o'tgan yilgi intrigada asosiy rol nimada bo'ldi?

- Hamma jamoalar oldiga yuqori maqsadni qo'yishni boshladi. CHempionlik va elitada qolish uchun kurash oxirgi turning so'nggi daqiqalarigacha davom etdi. 

- Joriy yil Superligada yubiley 100 uchrashuvingizni o'tkazishingiz mumkin. Bu uchrashuvda gol urishni maqsad qilganmisiz?

- Aslida har bir o'yinda raqib darvozasiga to'p kiritib jamoamga yordam berishni istayman. Yubiley o'z nomi bilan yubiley. Unda gol urish yoqimli hislarni beradi. 

- Izzatilla Abdullaevni qaysi murabbiy kashf qilgan?

- Katta futbolga kirib kelishimga Davron Fayzievning hissasi katta. U kishiga rahmat aytaman. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика