So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

Yubiley. Baxtiyor Ashurmatovda 100ta bo'ldi Yangiliklar

Yubiley. Baxtiyor Ashurmatovda 100ta bo'ldi

Superliganing yosh murabbiylaridan biri Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy sifatida o'zining yubiley 100-uchrashuvini o'tkazdi.

Yaxshi bilasiz, hozirda ushbu murabbiy AGMK klubiga ustozlik qilmoqda. Albatta, oliy ligada 100ta o'yin o'tkazish hazilakam ish emas. Buning uchun murabbiylarning ko'p ter to'kishlariga to'g'ri keladi.  Baxtiyor Ashgurmatovga 100lik marrasini zabt etish uchun besh yarim yil kerak bo'ldi. Ashurmatov ushbu ko'rsatkichga to'rtta jamoadagi faoliyati orqali erishdi. Quyida yubilyar murabbiyning oliy ligadagi ko'rsatkichlariga to'xtalib o'tamiz. 

2013 YIL. OLIY LIGADAGI ILK MAVSUM 

2013 yilgi futbol mavsumi yana bir yosh murabbiyni qarshi oldi. Futbolchilik faoliyatini tugatganiga hali ko'p bo'lmagan Baxtiyor Ashurmatov “Guliston” bosh murabbiyi sifatida oliy ligada ilk qadamlarini qo'ydi. To'g'ri, yosh murabbiy bungacha ham “Guliston”da bo'lib, jamoani birinchi ligadan elitaga olib chiqqandi. Lekin baribir oliy liga havosi boshqacha emasmi, Ashurmatov bu jihatdan uzun va mashaqqatli yo'l boshida turardi.

Futbol o'ynashni bas qilgan murabbiy uchun “Guliston” juda mos tushardi. CHunki Ashurmatovdan natija ko'p ham so'ralmas, eng muhimi murabbiy sifatida malaka oshirish va oliy liga bilan tanishib olish imkoniga ega edi. Ko'pchilik yaxshi eslasa kerak, Baxtiyor Azamovichning oliy ligadagi ilk mavsumi u qadar yaxshi kechmagan. Negaki mavsum yakuniga kelib “Guliston”  yana o'z joyiga ravona bo'lgandi. 

2013 yilni Ashurmatov to'liq “Guliston” bosh murabbiyi sifatida o'tkazgan. Aytib o'tganimizdek, dastlabki mavsum yosh murabbiy uchun tajriba to'plash maktabi bo'lgan. Ashurmatov oliy ligadagi ilk g'alabasini dastlabki turdayoq qayd etadi. Safarda “Qizilqum” bilan kechgan bahsda “Guliston” mavsumning ilk o'yinida 2:0 hisobida zafar quchadi. SHundan so'ng ketma-ket ikki uchrashuvda 0:0 o'ynagan jamoa 4-turga kelib dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oladi. Mag'lubiyat Toshkentda “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda ro'y beradi va sirdaryoliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishadi. 

Umuman olganda, o'sha yili “Guliston” oliy ligada 26ta o'yin o'tkazgan bo'lsa (chempionatda 14ta jamoa qatnashgan), shundan oltitasida g'alabaga erishgan, ikki bor durang o'ynab, 18ta o'yinda mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 28-62. Jamoa 23 ochko jamg'argan holda 13-o'rinni egallagan va yana birinchi ligaga yo'l olgan. “Guliston” chempionatdagi oltita g'alabasini safarda “Qizilqum” (2:0) va uyda “Buxoro” (1:0), “SHo'rtan” (2:1), “Metallurg”, “So'g'diyona” (2:0) va “Navbahor” (2:1) klublari bilan kechgan bahslarda qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, o'sha mavsum birorta o'yinda yirik hisobda zafar quchmagan, qaytanga uch marta yirik hisobda yutqazib qo'ygan. 

Ashurmatovning 2013 yil “Guliston”dagi faoliyati haqida qisqacha:
Ilk g'alabasi: “Qizilqum” - “Guliston” 0:2 (1-tur).  
Ilk mag'lubiyati: “Bunyodkor” - “Guliston” 1:0 (4-tur).
Yirik mag'lubiyat: “Guliston” - “Lokomotiv” 1:5 (11-tur), “Guliston” - “Nasaf” 0:4 (13-tur), “Lokomotiv” - “Guliston” 6:2 (16-tur).  
Gollarga boy o'yin: “Metallurg” - “Guliston” 5:3 (18-tur), “Olmaliq” - “Guliston” 5:3 (24-tur).
CHempionatdagi ko'rsatkichi: 26 o'yin, 6 g'alaba, 2 durang, 18 mag'lubiyat. To'plar nisbati 28-62. Ochko: 20. 14ta jamoa orasida 13-o'rin. 


2014 YIL. “NAVBAHOR” BILAN DASTLABKI MAVSUM 

Garchi “Guliston” oliy ligadagi bir yillik ishtirokidan so'ng yana birinchi ligaga tushib ketgan bo'lsa-da, Baxtiyor Ashurmatov ishsiz qolmadi. Yosh mutaxassisga bu safar “Navbahor” qiziqish bilan chiqdi va Ashurmatov Namangan tomon yo'l oldi. U “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ikki mavsum to'liq ishlab, oliy ligada 56ta o'yin o'tkazgan. Ashurmatov uchun har ikkala mavsum o'rtacha kechgan. Xususan “Navbahor”dagi ilk mavsumida jamoa ettinchi o'rinni band etadi, keyingi yil esa 8-o'rin bilan kifoyalangan. 

Albatta, Namanganda ishlash oson emas. CHunki bunda doim muxlislar bosimini his qilib turishga to'g'ri keladi. Ashurmatov buni juda yaxshi bilgani uchun doim ishqibozlar bilan til topishishga harakat qilgan. Ashurmatov birinchi yil “Navbahor”da to'qqizta o'yinda g'alabaga erishgan. Xuddi “Guliston”da bo'lgani kabi “Navbahor”da ham ilk g'alabasini safarda qo'lga kiritgan. Jamoa 2-turda “Buxoro” maydoniga safar qiladi va mehmondan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytadi. Dastlabki mag'lubiyat esa 1-turda (yani mavsumning ochilish o'yinida) “Lokomotiv”ga qarshi bahsda ro'y bergandi. 

O'sha yil Ashurmatov qo'l ostidagi jamoa jami 30 ochko to'playdi. Buni rahbariyat o'rtacha baholab murabbiyga yana ishlash imkonini beradi. SHunday qilib Baxtiyor Azamovich keyingi yilni ham Namanganda o'tkazadi. 2014 yil “Navbahor” Ashurmatov qo'l ostida 9ta o'yinda g'alabaga erishgan. Jamoaning uch ochkoli bo'lishi safarda “Buxoro” (2:0) hamda o'z maydonida “Nasaf” (1:0), “So'g'diyona” (4:2), “Andijon” (3:0), “Olmaliq” (3:1), “Buxoro” (4:1), “Metallurg” (4:2), “Qizilqum” (2:0), “Mashal” (3:0) bilan kechgan bahslarda ro'y bergan. 

Ashurmatovning 2014 yil “Navbahor”dagi faoliyati haqida qisqacha:
Ilk g'alabasi: “Buxoro” - “Navbahor” 0:2 (2-tur).
Ilk mag'lubiyati: “Navbahor” - “Lokomotiv” (1-tur).
Yirik g'alaba: “Navbahor” - “Andijon” 3:0 (8-tur), “Navbahor” - “Buxoro” 4:1 (15-tur), “Navbahor” - “Mashal” 3:0 (24-tur).    
Yirik mag'lubiyat: “Bunyodkor” - “Navbahor” 3:0 (7-tur).  
Gollarga boy o'yin: “Navbahor” - “So'g'diyona” 4:2 (6-tur), “Navbahor” - “Metallurg” 4:2 (18-tur), “So'g'diyona” - “Navbahor” 5:4 (19-tur).
CHempionatdagi ko'rsatkichi: 26 o'yin, 9 g'alaba, 3 durang, 14 mag'lubiyat. To'plar nisbati 38-41. Ochko: 30. 14ta jamoa orasida 7-o'rin. 


2015 YIL. NAMANGANDAGI IKKINCHI MAVSUM 

Baxtiyor Ashurmatov 2015 yilni ham “Navbahor”da o'tkazadi. Murabbiy uchun birinchi mavsum asosan jamoa va muhit bilan tanishish uchun ketgan deylik, lekin ikkinchi yil to'liq mustaqil ishlash imkoniga ega bo'ladi. 2015 yildan oliy ligada klublar soni ikkitaga ko'payib 16taga etkazildi. Bu esa milliy chempionatning yanada qiziq o'tishidan darak berardi. CHindan ham o'sha yil oliy liga ancha qiziq kechgan deya olamiz. “Navbahor” yuqoriga astoydil harakat qiladi-yu, lekin ko'p hollarda buning uddasidan chiqa olmaydi. SHu bois jamoa 30ta o'yinning faqat 11tasida g'alaba qozonadi. To'rt marta durang o'ynab, 15 uchrashuvda mag'lub bo'ladi. 

Eng qizig'i, bir yil avval sodir bo'lgan voqea kabi “Navbahor” yana o'z maydonidagi mavsumning ochilish o'yinida yutqazib qo'yadi. Bu safar 1-turdayoq Muborakning “Mashal” klubi Namangandan uch ochko bilan qaytib ketadi. O'shanda “gazchilar” 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Dastlabki g'alaba esa 4-turda “So'g'diyona” ustidan qo'lga kiritiladi va bunda “lochinlar” o'z uylarida 1:0 hisobida g'alaba qozonishadi. 

Yana bir malumot shuki, o'sha yil “Navbahor” birorta o'yinda yirik hisobda g'alabaga erishmagan. Jamoa oliy ligadagi 11ta g'alabasini o'z maydonida “So'g'diyona” (1:0), “Dinamo” (2:1), “Buxoro” (3:1), “SHo'rtan” (4:2), “Neftchi” (1:0), “Andijon” (1:0), “Qo'qon-1912” (2:1), “Qizilqum” (2:1) hamda safarda “Qo'qon-1912” (1:0), “Metallurg” (3:2) va “Buxoro” (1:0) klublari ustidan qo'lga kiritgan. Etibor bergan bo'lsangiz, Ashurmatov shogirdlari o'sha yil “Qo'qon-1912”ni har ikkala uchrashuvda mag'lub etishgan. 

Ashurmatovning 2015 yil “Navbahor”dagi faoliyati haqida qisqacha:
Ilk g'alabasi: “Navbahor” – “So'g'diyona” 1:0 (4-tur)
Ilk mag'lubiyati: “Navbahor” - “Mashal” 0:2 (1-tur)
Yirik mag'lubiyat: “Lokomotiv” - “Navbahor” 5:1 (15-tur), “Nasaf” - “Navbahor” 5:1 (23-tur)
Gollarga boy o'yin: “Andijon” - “Navbahor” 3:2 (9-tur), “Qizilqum” - “Navbahor” 3:2 (13-tur), “Navbahor” - “SHo'rtan” 4:2 (14-tur), “Metallurg” - “Navbahor” 2:3 (17-tur), “Navbahor” - “Lokomotiv” 2:3 (30-tur).
CHempionatdagi ko'rsatkichi: 30 o'yin, 11 g'alaba, 4 durang, 15 mag'lubiyat. To'plar nisbati 40-51. Ochko: 37. 16ta jamoa orasida 8-o'rin. 


2016 YIL. ANDIJONDA ATIGI 13 TUR

“Navbahor”dagi ikkinchi mavsumdan keyin Baxtiyor Ashurmatov istefoga chiqadi va yangi chempionatni “Andijon” bosh murabbiyi sifatida boshlaydi. Malumki, andijonliklar murabbiy almashtirish bo'yicha ustasi farang. Yaxshi niyatlar bilan Andijonga borgan Ashurmatov o'zining yangi jamoasida ko'p ishlay olmaydi. Balki 13-turdan keyinoq istefo berishga majbur bo'ladi. Mana shu 13 tur ichida Ashurmatov qo'l ostidagi jamoa atigi uchta o'yinda g'alaba qozonib, 10 marta mag'lubiyatga uchraydi. Albatta, 10ta o'yinda yutqazib qo'yish ko'p degani. 

“Andijon” yangi murabbiy bilan ilk g'alabasini 4-turda “Neftchi”ga qarshi bahsda qo'lga kiritgan. O'yinda maydon eglari 2:1 hisobida zafar quchishgandi. Dastlabki mag'lubiyat esa 1-turda ro'y bergan. Jamoa Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida yutqazib qo'yadi. Ashurmatov boshchiligida “Andijon” 10ta o'yinda yutqazgan bo'lsa, shundan ikkitasi yirik mag'lubiyat bo'lgan. Jamoa o'z darvozasidan Buxoroda beshta, Qarshida “Nasaf”dan uchta gol o'tkazib yuboradi. 

Lekin uchta g'alabadan bittasi yirik bo'lganini ham aytib o'tish kerak. CHunki “So'g'diyona” bilan kechgan bahsda “burgutlar” 3:0 hisobida zafar quchishgandi. SHuningdek, ikkita g'alaba ham Andijonda “Neftchi” (2:1) va “Mashal” (1:0)ga qarshi bahslarda qo'lga kiritilgan. Aytib o'tganimizdek, 2016 yil Baxtiyor Ashurmatov “Andijon”ga faqat 13ta o'yinda murabbiylik qilgan. 

Ashurmatovning 2016 yil “Andijon”dagi faoliyati haqida qisqacha:
Ilk g'alabasi: “Andijon” - “Neftchi” 2:1 (4-tur).
Ilk mag'lubiyati: “Paxtakor” - “Andijon” 2:1 (1-tur).  
Yirik g'alaba: “Andijon” - “So'g'diyona” 3:0 (6-tur)
Yirik mag'lubiyat: “Buxoro” - “Andijon” 5:2 (5-tur), “Nasaf” - “Andijon” 3:0 (7-tur).
Gollarga boy o'yin: “Buxoro” - “Andijon” 5:2 (5-tur).
CHempionatdagi ko'rsatkichi: 13 o'yin, 3 g'alaba, 0 durang, 10 mag'lubiyat. To'plar nisbati 13-27. Ochko: 9. 16ta jamoa orasida 14-o'rin. 


2018 YIL. AGMK UCHUN “TEZ YORDAM” 

Baxtiyor Ashurmatov 2016 yilning 13-turidan so'ng “Andijon”dan ketganidan beri qariyb ikki yil hech bir klubda bosh murabbiy bo'lib ishlamadi. Faqat o'tgan yil “Buxoro”da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Bu yil ham toki AGMKga kelguniga qadar “Buxoro” jamoasida Ulug'bek Baqoevga yordam berib kelayotgandi. Qizig'i shundaki, Ashurmatov 2016 yil 13-turdan so'ng avvalgi jamoasidan ketgan bo'lsa, 2018 yil 14-turdan yangi jamoada ish boshladi. Go'yoki to'xtab qolgan joyidan davom ettirganidek. 

Malumki, AGMKning Superligadagi ishtiroki klub rahbariyatini unchalik qoniqtirmadi, shu bois Viktor Kumikovga chiqish eshiklari ko'rsatildi. So'ngra Baxtiyor Ashurmatov “tez yordam” sifatida jamoaga taklif etildi. Lekin Ashurmatov kelgani bilan birdaniga vaziyat o'nglanib ketgani yo'q. CHunki AGMKning yangi murabbiy qo'l ostida ilk g'alabasini nishonlashi uchun beshta o'yin kerak bo'ldi. Va bu g'alaba Baxtiyor Azamovichning sobiq jamoasi “Buxoro”ga qarshi uchrashuvda ro'y berdi. Superliganing 18-turida AGMK o'z maydonida “Buxoro”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Bungacha o'tkazilgan to'rt o'yinda uchta mag'lubiyat va bir durang qayd etilgandi. 

RAQAMLAR NIMA DEYDI?

SHunday qilib Superliganing 18-turidan o'rin olgan AGMK - “Buxoro” uchrashuvi Baxtiyor Ashurmatovning bosh murabbiy sifatida 100-o'yini bo'ldi. Umumiy raqamlarga to'xtaladigan bo'lsak, Ashurmatov qo'l ostidagi jamoalar mana shu 100ta o'yinning 30tasida g'alabaga erishib, 10 marta durang o'ynashgan va 60 bor mag'lub bo'lgan. Jami to'plar nisbati 124-189. Eng qizig'i, 100ta o'yinda 100 ochko qo'lga kiritilgan. 

Lekin shu o'rinda kishining diqqatini tortadigan boshqa jihat ham bor. Ashurmatov futbolchilik paytida himoyachi bo'lgan emasmi, negadir murabbiy sifatida uning qo'l ostida o'ynagan jamoalarda to'plar nisbati doim minus bo'lib kelgan. Masalan, 2013 yil “Guliston” -34, 2014 yil “Navbahor” -3, 2015 yil yana “Navbahor” -11, 2016 yil “Andijon” -14 va bu yilgi AGMKda bu ko'rsatkich -3. Ammo Ashurmatovda AGMK bilan to'plar nisbatini ijobiy holatga keltirish uchun vaqt ham, imkoniyat ham etarli. Buni esa keyingi bellashuvlar davomida bilib olamiz.

X.Xoliqov. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика