So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

YU Tze Nam: "O'zbekiston saviya jihatdan Eronga yaqin" Yangiliklar

YU Tze Nam: "O'zbekiston saviya jihatdan Eronga yaqin"

Gonkong terma jamoasi himoyachisi YU Tze Nam jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

25 yoshli o'yinchining aytishicha, O'zbekiston saviya jihatdan Eronga o'xshab ketadi.

"O'zbekiston Osiyo mintaqasida yuqori saviyadagi jamoa va bu borada Eronga yaqin hisoblanadi. Biz eng katta tuzatish kiritishimiz va ko'proq urg'u berishimiz kerak bo'lgan jihat pressing sanaladi.

Raqibimiz Osiyo Kubogida to'rtta himoyachi bilan o'ynadi, biroq so'nggi o'yinda 3-4-3 sxemasida harakat qildi. 

Biz o'tgan o'yindagi xatolarimizni to'g'rilashimiz kerak. Qolaversa, qarshi hujumga o'tish va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishimiz kerak.

Maqsadimiz ochko qo'lga kiritish, biroq mehmonda bu natijaga erishish juda mashaqqatli bo'ladi. Umid qilamanki, biz yuqori darajadagi pressingni muvaffaqiyatli tashkil etamiz. Samarali vaziyatlar tashkil etish bilan bir qatorda himoyada raqibga zarba berish uchun imkon bermasligimiz kerak", — dedi gongkonglik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.

Avvalroq gonkongliklar Toshkent ob-havosi va maydonidan shkioyat qilishgani haqida xabar berilgandi. SHuningdek, terma jamoa bosh murabbiyi O'zbekistonga qarshi 80–90 foiz kuch sarflash etarli emasligini takidlagandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика