"Yozyovon Lochinlari" o'rtoqlik uchrashuvida g'olib bo'ldi
09 avg 2015 19:26
Yangiliklar
"Yozyovon Lochinlari" o'rtoqlik uchrashuvida g'olib bo'ldi
Birinchi ligada ishtirok etayotgan "Yozyovon Lochinlari" jamoasida o'zgarish yuz berdi.
Avvalgi xabarlarimizda Abdusamad Do'rmonovning jamoa bosh murabbiyligidan istefoga chiqqanligi haqida malumot bergandik. Bugun jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangan. Hozirgacha ikkinchi liga jamoalarida faoliyat olib borgan Islom Ismoilov jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Yangi bosh murabbiy qo'l ostidagi futbolchilarni tekshirib olish maqsadida bugun ikkinchi liga vakili Marg'ilonning "SLS-Orzu" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar. Yozyovondagi "Markaziy" o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuvda yozyovonliklar 4:2 hisobida g'alabaga erishdilar. Bu uchrashuv "Yozyovon Lochinlari" jamoasining ikkinchi bosqichga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar