So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasining yig'ini haqida klub bosh menejerining fikrlari Yangiliklar

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasining yig'ini haqida klub bosh menejerining fikrlari

Oxirgi yillarda birinchi ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan Farg'ona viloyatiining, Yozyovon tumanida tashkil etilgan “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi joriy mavsum ham ishtirok etadimi?

Jamoa o'tgan mavsumda 39 ochko jamg'arib, yakunda turnir jadvalining 12-pog'onasidan o'rin egallagandi. Aytishlaricha yozyovonliklar ayni damda pro-ligada ishtirok etish uchun astoydil hozirlik ishlarini olib bormoqda. Xo'sh, jamoaning kelgusi rejalari qanday? Bu kabi savollarga javob olish maqsadida klub bosh menejeri Salimjon Zokirovga murojaat qildik.

- Nasib qilsa, ushbu mavsum ham yana pro-ligada ishtirok etishni maqsad qilganmiz. SHu maqsadda hozir o'z qarorgohimizda yigitlarni yig'ib, o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqdamiz. Ishlab chiqilgan rejaga muvofiq o'tgan yili 25 dekabr kuni jamoa azolarini to'plab, dastlabki besh kunlik yig'inni olib bordik. Yangi yil bayrami munosabati bilan yigitlarga biroz dam berib, 4 yanvardan yana tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismiga kirishdik – deya gap boshladi Salimjon Zokirov.  

- Ayni damda Yozyovondagi qarorgohimizda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Odatimizga ko'ra, bu yil ham asosiy etibor mahalliy yoshlarni tarbiyalashga qaratiladi. Eng iqtidorlilari super-ligada viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan jamoalarga etkazib beriladi.  

- Tarkibimiz nisbatan yoshartirilmoqda. O'tgan mavsum jamoamizning etakchilaridan bo'lgan – Alisher Fayzullaev, Zokirjon Nurmatov, Bekzod Maxpraliev, Zohid Ismoilov,  hamda Umid Hoshimov singari futbolchilar bugungi kunda ham tarkibda saqlanib qolingan. Ushbu tajribali o'yinchilarimiz qatoriga mahalliy yoshlarni qo'shib, kurashchan jamoa shakllantirish asosiy maqsadimizdir.

- Jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlashni o'ylab turibmiz  va bu borada bir qator murabbiylarning nomzodlarini ko'rib chiqqan xolda, muzokara o'tkazilmoqda. Hozircha mashg'ulotlarni o'tkazishda kaminaga mahalliy murabbiy Lutfullo Haydarov ko'maklashib kelmoqda.        

- O'zingizga yaxshi malumki, bu yil O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan etiborga molik islohotlar olib borilmoqda. Klublarni professionallik butunlay o'tishi uchun pro-liga jamoalari oldiga ham yuqori talablar joriy etilmoqda. Bu tabiiyki yaxshi va uni to'la-to'kis qo'llab-quvvatlaymiz. CHunki qachondir bu ishlar bo'lishi kerak edi. Albatta, o'zgarishlar vaqti kelib o'z samarasini beradi degan umiddamiz.

- Professional futbol ligasi tomonidan klublar oldiga qo'yilayotgan talabnomalar bilan tanishib chiqdik. Hozirda ushbu talabnomada ko'rsatilgan majburiyatlar bo'yicha tashkil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan raqiblarimizni qabul qiladigan uy stadionimizda sezilarli o'zgarishlar amalga oshirilib, xususan kiyinish va echinish xonalari, hakamlar xonasi yangitdan qurib bitkazildi. Yaqinda tuman hokimligi tomonidan klubga qarorgoh uchun bino berildi. U erni talab darajasiga keltirish uchun tamirlash ishlari olib borilmoqda va yaqin orada u erga butunlay ko'chib o'tamiz. Qolaversa ikkita mashg'ulot maydoniga ham egamiz. Ushbu stadionlarimizni ham  tartibga keltirish maqsadida masul xodimlarga kerakli topshiriqlar berilgan.  

- Tayyorgarlik rejasiga ko'ra, hozircha o'z qarorgohimizda yig'in o'tkazamiz. Xabaringiz bo'lsa kerak, ananaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan Farg'ona hokim kubogi turnir yaqinda start oladi. Mazkur musobaqada “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi ham ishtirok etishni o'z rejasiga kiritgan. Turnir startiga qadar futbolchilarga qisqa muddatli dam bermoqchimiz. SHu tariqa rasmiy o'yinlar boshlanguniga qadar, tayyorgarlik ko'rib boramiz – deydi “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi menejeri.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика