"Yozyovon-Lochinlari" badal pulining yarmini to'ladi
10 avg 2018 16:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/448088_original.jpg)
![](/upload/storage/448088_220.jpg)
"Yozyovon-Lochinlari" badal pulining yarmini to'ladi
PFL bu borada mavjud 30ta klubni transfer oynasi ochilishidan oldinoq ogohlantirib keldi. Natijada Superliga klublaridan tortib, Pro-Liga jamoalariga qadar PFLga hisobot topshirdi. Yani, klublar bo'ynidagi qarzdorliklar, ularning futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlari aniq-tiniq belgilab olindi. Biroq "Yozyovon-Lochinlari" klubi rahbariyati transfer oynasi vaqtida PFL talabini bajarishga beparvolik bilan munosabatda bo'ldi.
Faqatgina Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanishiga 2 kun qolganidagina ushbu jamoa vakillari harakatga tushishdi. Kecha klub badal pulidan mavjud bo'lgan qarzdorlikning yarmini to'ladi. SHu boisdan "Yozyovon-Lochinlari" klubiga 20-tur o'yinini o'tkazishga ruxsat berildi. Endi mazkur jamoa kelasi tur start olishidan 1 kun avval (14 avgustgacha)to'liq hisob-kitob qilishi zarur bo'ladi. Yo'qsa jamoa Pro-Ligadan muddatidan oldin chetlashtiriladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar