So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

"Yozyovon" 9 kishi bo'lib qolgan "SHerdor"ga 4ta gol urdi Yangiliklar

"Yozyovon" 9 kishi bo'lib qolgan "SHerdor"ga 4ta gol urdi

PRO-liganing 5-turida "Yozyovon" klubi o'z maydonida "SHerdor"ni qabul qildi.

Uchrashuv yozyovonliklarning ustunligi ostida boshlandi. Ketma-ket hujumlar uyushtirgan “Yozyovon” futbolchilari o'yinning 8-daqiqasidayoq 11 metrlik jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ushbu vaziyatda hakam “SHerdor” darvozaboni  SHuhrat Murodov o'z jarima maydonida raqib o'yinchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topdi va posbonga sariq kartochka ko'rsatib, 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini “Yozyovon” futbolchisi Zohid Ismoilov golga aylantira olmadi, to'p dastlab darvozaboning qo'liga, keyin darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to'pni “SHerdor”  futbolchilari o'z jarima maydonidan uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldilar.

Biroq oradan ko'p o'ytmay hisob baribir yozyovonliklar tomonidan ochildi. 11-daqiqada "Yozyovon" futbolchisi Maqsadbek Ibragimov hisobni ochishga erishdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida maydon egalari vakili Jasur Otaxonov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. O'yinning 30-daqiqasida “SHerdor” darvozaboni  SHuhrat Murodov o'z jarima maydonida ikkinchi marta raqib futbolchisiga qarshi qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi. Hakam bu vaziyatda yana 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Abdulaziz Jo'raboev penaltini bexato amalga oshirib hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.  Bahsning 35-daqiqasida “SHerdor” futbolchisi Bekzod Ro'zmatov bir daqiqaning o'zida ketma-ket ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. “SHerdor”  futbolchilari maydonda 9 kishi bo'lib qoldilar. Birinchi taym shu hisobda o'z yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan "Yozyovon" hujumchisi Anvarjon Abdulxaqov gol urishga erishdi - 4:0. Mehmonlar maydonda 9 kishib bo'lib qolganlariga qaramay maydon egalariga munosib qarshilik ko'rsata oldilar, ammo uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va yozyovonliklar yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.      

                

“Yozyovon” - “SHerdor” 4:0 (3:0)
Hakamlar: 
SH.Nasibullaev (Namangan), I.Majidov (Namangan), E.Tursunov (Namangan).
Nazoratchi: SH.Bozorov (Namangan).
Uchrashuv komissari: SH.Rajabov.
Gollar: Maqsadbek Ibragimov 11, - 1:0. Jasur Otaxonov 25, - 2:0. Abdulaziz Jo'raboev 31 penalti, - 3:0. Anvarjon Abdulxaqov 47, - 4:0.
Amalga oshirilmagan penalti: Zohid Ismoilov 8 (darvozabon).
“Yozyovon”: Muhriddin Axmedov, Jasurbek Otaxonov (Mirzohid Mirzamahmudov), Zohidjon Ismoilov, Alisher Fayzullaev (SHukurullo Abdug'aniev 60), SHaxboz Abdurahmonov (Anvarjon Abdulxaqov 46)  Zokirjon Nurmatov, Maqsadbek Ibragimov (Amirbek Nurmatov 82), M.Qosimov, Kamriberdi Mamadaliev, Abdulaziz Jo'raboev (Mirzohid Egamberdiev 40)
Zaxira: Jasurbek Abdullaev,  Adhamjon Ahmadjonov.
“SHerdor”: SHuhrat Murodov, Farzin Muxtorov, Mirjalol Lokaev, SHerbek SHukurov, Muni Mirmuxsin Yusupov (Farhod Rahmatov 31), Akbar Sidiqov, Bekzod Ro'zmatov, Sanjar Ahmedov, Saddam Boymamatov, Nurbek Olmosov, G'olibjon Sariboev.
Zaxira:  Farhodjon Safarov, Orzimurod Axmedov, Muxammad Rajabov, Otabek Xamroqulov, Faxriddin Aliev, Umar Navro'zov.
Ogohlantirishlar: Zokir Nurmatov 40,  G'olibjon Sariboev 42, Mirjalol Lokaev 44.  
CHetlatishlar: SHuhrat Murodov 30 ("SHerdor", ikkinchi sariq kartochka), Bekzod Ro'zmatov 35 ("SHerdor", ikkinchi sariq kartochka)


   
Bekzod Tolibov



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика