

"Palmeyras" - "Independente del Vale" uchrashuvining 60-daqiqasida forvard oyog'ini noqulay tarzda bosgani tufayli maydonga qulagan.
Hozircha jarohat qanchalik jiddiyligi va futbolchi qancha muddatga safdan chiqqani noma'lum. Braziliyalik tibbiy tekshiruvdan o'tishi zarur va shundan so'ng barchasi oydinlashadi.
Xabaringiz bor, 17 yoshli yigitcha yozda "Real" safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.



