Yozda 8 nafar o'yinchi "Yuventus"dan ketishi mumkin
17 iyu 2020 15:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581880_original.jpg)
![](/upload/storage/581880_220.jpg)
Yozda 8 nafar o'yinchi "Yuventus"dan ketishi mumkin
"Yuventus" tarkibda keskin o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Klubdan Blez Matyuidi, Mattia De SHilo, Sami Xedira, Daniele Rugani, Federiko Bernardeski, Luka Pellegrini, Gonsalo Iguain va Kristian Romerolar ketishi mumkin.
"Yuventus" ushbu o'yinchilarni tarkibni yoshartirish maqsadida qo'yib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, klub ularning shartnomasida belgilangan maoshlar ushbu futbolchilarning o'yin darajasiga mos kelmaydi deb hisoblaydi.
"Yuventus" ko'plab xaridlarni amalga oshirmoqchi. Jumladan, hujumchi Arkadiush Milik "Napoli"dan Turinga ko'chib o'tishi mumkin.
Klub sport direktori Fabio Partichi Federiko Keza ("Fiorentina") va Nikolo Zanolo ("Roma")larni xarid qilish rejasidan ham voz kechmagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar