Yovich "Barselona"ga o'tmoqchi, "Bavariya" esa uni xarid qilishga urinib ko'radi
23 mar 2019 16:10
Yangiliklar


Yovich "Barselona"ga o'tmoqchi, "Bavariya" esa uni xarid qilishga urinib ko'radi
"Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Myunxen klubi yaqin soatlar ichida 21 yoshli serb borasida taklif yuboradi. Yovichning o'zi "Barselona"ga o'tishni istayapti.
Kataloniya klubi sport direktori Erik Abidal futbolchining Portugaliya - Serbiya Evro-2020 saralash uchrashuvidagi o'yinini kuzatmoqchi. Yovich payshanba kuni Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan bahsda (1:1) Manuel Noyer darvozasini ishg'ol qilgan edi.
"Ayntraxt" futbolchining narxini elon qildi - 60 mln. evro. Narx 70 mln. evrogacha etishi mumkin.
Nemislar Yovichni 6 mln. evro evaziga "Benfika"dan sotib olishadi. Portugaliya klubi navbatdagi transfer mablag'ining 20%ga ega bo'ladi.
Yovich joriy mavsum Bundesliga o'yinlarida 15ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar