Yovan Jokich: "Lokomotiv" - ajoyib jamoa"
29 dek 2018 15:47
Yangiliklar
Yovan Jokich: "Lokomotiv" - ajoyib jamoa"
"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Yovan Jokich o'zining transferi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati menga qo'ng'iroq qilishdi va jamoaga taklif qilishdi. Ularga yakunlangan 2018 yilgi mavsumdagi o'yinlarim maqul kelgan ekan. Bu taklifni qabul qildim.
"Lokomotiv"ga qarshi ikkita o'yin o'tkazdim. Juda yaxshi jamoa. Tarkibdagi bir necha futbolchilarni yaxshi taniyman. Ushbu jamoaning o'yin uslubiga tezda ko'nikib ketishga harakat qilaman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi va ajoyib mavsumni o'tkazaman!" - dedi Jokich.
Yovan Jokich yakunlangan 2018 yilgi mavsumda AGMKning 31 o'yinida qatnashdi va yarim himoyachi bo'lishiga qaramasdan 11 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga olishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar