So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Yoshligida onasining qo'l ostida shug'ullangan Yon Arne Riise hayoti Yangiliklar

Yoshligida onasining qo'l ostida shug'ullangan Yon Arne Riise hayoti

Norvegiyalik afsonaviy o'yinchi haqida.

• Yoshligida Yon Arneni onasi shug'ullantirgan;

• Onasi bolakayni otasining dafn marosimiga yubormagan;

• Birinchi nikoh oqshomiga Kaddafining o'g'lini taklif qilgan; 

• 2005 yilgi finalning ikkinchi taymidan oldin "Sibir" klubi bo'lajak bosh murabbiyidan ruhlantiruvchi gaplarni eshitgan.


Yon Arne 1980 yil Norvegiyada tug'ilganyu U Xolmestrann kommunasidagi maktabga borgan. Otasi spirtli ichimlik ko'p ichar va onasini urardi (Yonning onasi tuman futbol jamoasining darvozaboni va sobiq gimnastikachi bo'lgan). Xo'rliklarga chiday olmagan ayol erini policiyaga topshiradi va ular ajrashishadi. Berit Semunnset ikki farzandi bilan katta akasining uyiga, Xessa oroliga, ko'chib boradi. O'g'illari ayolning ikkinchi eri, Tormod Riisening familiyasiga o'tadi. Yon-Arne onasi sharafiga uning rasmini beliga tatu qilib chizdirgan.

Oppoq, yuziga sepkil toshgan bolakay ajoyib futbol o'ynardi. Ammo maktabda o'zini yolg'iz his qilardi. Tug'ilgan kuniga do'stlarini taklif qilsa, ular borishmasdi. “Maktab avtobusini intiqlik bilan kutishim yodimda. U kelib eshiklarini ochganida, bolalar meni avtobusga chiqarishmasdi. Meni mazax qilib, haydovchiga shunday deb baqirishardi: “Eshikni yoping, kettik!”. Haydovchi ham ularning aytganini qilardi. Men esa darsga kechikmaslik uchun maktab tomon bor kuchim bilan yugurardim”, — deb yozadi Riise “Yugurayotgan inson” nomli kitobida. Bu asar norvegiyalik jurnalist Yens Yuxansson bilan birgalikda yozilgan.

Riise uni nimaga yomon ko'rishlarini tushunmasdi. O'ziga yaqin do'st topa olmagach, foydaliroq ish bilan mashg'ul bo'lishga qaror qildi: olti bo'lmay uyg'onar, sport formasini kiyar va 1 soat yugurardi — yomg'irmi, qormi farqi yo'q, har kuni! Onasi sekundomerni olib, uch yuz metr uzoq joyga borib turardi. U esa vaqtga qarab oldinga-orqaga qarab yuguraverardi.

Norvegiyalik 1994 yil yozda otasining uyiga boradi. Onasi bola mashg'ulotni tashlab qo'ymasligi uchun unga shug'ullanish dasturini tuzib beradi. Biroq tatilda qanaqa mashg'ulot? Yon Arne ertalab qahva ichish bilan birga chekardi ham, kunduzi esa plyajda oftobda toblanib yotar, kechasi esa vaqtini otasi bilan o'tkazardi.

U orolga qaytib, bir bola bilan qalin do'st bo'ldi — Nikola Andelich. Bosniyada urush bo'layotganligi sabab Andelich ota-onasi bilan o'sha orolga qochib kelgandi. Nikolada hammasi boshqacha bo'lgan: baqir-chaqir qilish, sigaret tutuni, ko'p go'sht, non va barcha taomni qo'l bilan tanovvul qilardi. Xotini bilan ajrashganidan so'ng, Nikolani “Liverpul”ga chaqirib oladi. Uch hafta o'ynaydi deb o'ylashgandi, leyin u klubda 3 yil qoldi. U do'stiga hayotidagi qiyin pallada yordam berish niyatida edi. Natijada esa o'z hayotini o'zgarishiga sababchi bo'ldi va “Liverpul” fizioterapevti Amandaga uylandi.

4 yillik qalin do'stidan ayrilish o'yinchiga oson bo'lmadi. “Olesunn”ning asosiy tarkibida yarim mavsum davomida to'p tepganidan so'ng, Riise yoshlar terma jamoasi bilan SHimoliy mamlakatlar musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi. SHveciyaga qarshi bahsdan keyin u mehmonxonadagi nomerida terma sardori Magne Xoset bilan suhbatlashib o'tirardi. SHu payt qo'ng'iroq bo'ldi. Bu agent Anders Vallsten edi. Yon-Arne go'shakni uzib qo'ydi (sababi agentlar bilan gaplashish taqiqlangandi). Anders qayta qo'ng'iroq qildi va yigit onasining raqamini berdi.

Onasi o'g'liga qo'ng'iroq qildi: “Muloyimroq bo'l, u “Monako” vakili ekan! Oradan bir necha kun o'tib, Riise Niccaga bordi va Lya Tyurbi mashg'ulot markazida o'zini namoyon qila oldi va Bartez, Anri, Trezege hamda yangi jahon chempionlari bilan tanishdi. “Monako” Yon Arne uchun o'n besh million kron taklif qildi (hozirgi kurs bo'yicha — ikki million funt) va o'ylab ko'rishi uchun ikki kun muxlat berdi. O'yinchi uyga qaytganidan so'ng Nikola bilan picca eb, nima qilish haqida o'yladi. Ularga javobini bermoqchi bo'ldi. Ammo onasi borishi shart ekanini takidladi.

“Monako”ning mashg'ulotlaridan birida Yon Arne kuchli zarba berdi. Oqibatda Bartezning bilagi sindi. Jamoadagi o'yinchilardan faqat portugaliyalik Koshtinya ingliz tilida so'zlasha olardi. Asosiy tarkibdagi debyut o'yin muammo bilan boshlandi: murabbiy Jan Tigana unga chap qanotda o'ynashini buyurdi, lekin himoyadami yo hujumdami, buni aniq tushuntirmadi... Futbolchi maydonga tushganidan keyin murabbiyning qo'l harakatlari bilan chap markaziy yarim himoyachi Salifa Diao o'rnida o'ynashi kerakligini tushundi. O'sha kuni u sariq kartochka oldi, “Monako” esa “Bastiya”ga g'alabani boy berdi (1:3).

U Monte-Karloda katta balkoni bor bir xonali kvartirada yashagan (uyi kazino qarshisida edi). U erda ko'rmaganiga 4 yildan oshgan otasini qumsar, video-o'yinlar o'ynar hamda mashina haydashni o'rganib olgan edi. Oradan yarim yil o'tib, 1999 yil fevralda, “Monako”ning bir direktori unga zudlik bilan Norvegiyaga uchib borishi kerakligini aytdi. Ammo u Tensbergdagi kasalxonaga etib borgungacha, otasi vafot etdi. Onasi esa farzandi dafn marosimiga borishini istamadi va uni yubormadi.

1999 yil yozda u Olesunnga qaytdi va aerobika bo'yicha mutaxassis Guri Xavnevikni yoqtirib qoldi. Nikola bilan uning darslariga bordi, Franciyadagi birinchi golini urdi (30 metr uzoqlikdan zarba bergan). Bu “L’Équipe”ning muqovasida chop etilgan. O'sha golni shahzoda Albert sovg'a qilgan "Porsche" kabrioletida nishonladi, ota bo'ldi. 2001 yil yozda Marsel yaqinidagi Jan Tigananing uzumzorida — biri qo'lida ruchka, ikkinchisida esa “Fulxem” shartnomasini ushlab turardi.


Riise endi imzo qo'ymoqchi bo'lganida, uning yangi agenti Eynar Bordsenga qo'ng'iroq bo'lib qoldi. “Bu “Liverpul”. “Fulxem” bilan shartnoma imzoladingmi yo yo'qmi, shuni so'rashyapti. Agar hali qo'l qo'ymagan bo'lsang, hoziroq u erga uchib borishimizni takidlashdi”. O'zi bilan Londonga olib ketishni orzu qilayotgan Tigananing o'rniga, Yon Arne boshqa franciyalik murabbiyi Jerar Uleni yoniga ketdi.

Keyin esa: Bangkok bo'ylab sayohat, mashg'ulot payti 18 ming muxlis, ortga qaytish, “Liverpul” forvardi Robbi Fauler soqol olish uchun maxsus ko'pik bilan uxlab yotgan Riisening sochini “bo'yagan”, o'yinchi "MYU"ga qarshi Superkubok bahsini asosiy tarkibda boshlagan. Turklar bilan bo'lgan uchrashuvdan keyin — yana yangi sarguzasht: Steffen Iversen apelsin soki qo'shilgan spirtli ichimlikni tatib ko'rishga undadi. Natijada u “Liverpul” mashg'ulotiga yomon ahvolda chiqdi va Jerar Ule tomonidan ogohlantirildi.

SHundan so'ng, Riise UEFA Superkubogida “Bavariya” darvozasini ishg'ol etdi, “Liverpul” sobiq chap qanot himoyachisi Kristian Cigening 3 qavatli uyini sotib oldi, “Barselona”ning etiboriga tushdi va tribunadan o'zi haqidagi qo'shiqni eshitdi — muxlislar gudok o'rniga o'sha musiqani o'rnatib olishgan edi. Riiseni APL tarixidagi eng yaxshi debyutant va eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri deb etirof etishgan. U bilan tanishib, birga tushlik qilish uchun Muammar Kaddafining o'g'li Liverpulga uchib kelgan.

Himoyachi Guriga nisbatan bo'lgan his-tuyg'ulari avvalgidek bo'lmasa-da, 2003 yil yozda Norvegiyaning Olesunn shahrida hashamatli to'y uyushtirdi. Hamyurtlari oldida "Mana men kimlar bilan tanish ekanimni ko'rib qo'yinglar" degandek, to'yiga shahzoda Albert, Saadi Kaddafi hamda "Liverpul" yulduzlarini taklif qildi. Ammo o'sha yilgi mavsumni sust holatda boshladi, asosiy tarkibdan chiqdi, terma jamoa mashg'ulotidagi haqoratlardan keyin esa to'purar Jon Karyu uni avtobusda qattiq kaltakladi. “Liverpul”ga Rafael Benites kelganidan so'ng, Riise psixologik tomondan tushkunlikka tushib qoldi.

Oradan bir necha hafta o'tib: final, Stambul, “Milan” va 0:3 hisob bilan tanaffusga chiqish. Riise kiyinish xonasida Jerrard bilan birga o'tirardi. Bir necha daqiqa o'tib, Benites xonaga kirdi va jamoa 3-5-2 taktikasiga o'tishini elon qildi. Jimi dush qabul qilish uchun chiqib ketgandi. SHifokor Finnan jarohat olganini va maydonga tusha olmasligini takidladi. Finnan esa Benitesdan maydonga tushurishini iltimos qildi. Ammo bu foyda bermadi. Traoreni tarkibga qaytarishdi, Finnanning o'rniga esa Xamann maydonga tushdi.  Buni chetdan kuzatib turgan Riise ikkinchi taymda gol o'tkazib yubormaslik hamda sharmanda bo'lmaslik haqida o'ylardi.

“Liverpul” darvozaboni Eji Dudek haqida — "Katta polyak bizning darvozada" nomli kitobida — shunday degan: “Jamoadan kimdir zafar quchishimizga ishonganiga shubham bor. Hamma taslim bo'lgandi. Yigitlar o'shanda 0:5 yoki 0:6 hisob bilan mag'lub bo'lamiz deb o'ylashgan ekan. Lekin bizga Benites yordamchisi Aleks Millerning so'zlari dalda bo'ldi. Rafa qaysi taktikada o'ynashimizni aytdi xolos. Riise chap qanot bo'ylab o'ynaydi, SHmicer — o'ng qanotda, Xamann esa — maydon markazida harakatlanadi. Asosiy muammo ham o'sha qismda edi. Bo'ldi! Ikkinchi taym boshlandi. Miller shunday dedi: "Bugungi bahs CHempionlar Ligasi tarixiga finaldagi eng ayanchli mag'lubiyat bo'lib kiradi deb qo'rqyapsizmi? Buni esingizdan chiqaring. Ular g'alaba qozonishiga ishonchlari komil. Buni o'zlariga qarshi ishlatishga harakat qilib ko'ring. Agar ikkinchi taymning dastlabki 10 daqiqasida gol ura olsak, ular havotirga tushib qoladi. Qarabsizki, keyin tizginni qo'lga olib, ularni ortda qoldirib ketishimiz mumkin".

Jerrard ikkinchi bo'limning 9-daqiqasida aynan Riisening to'p oshirishidan so'ng gol urdi, "Liverpul" oradagi farqni yo'qqa chiqardi va penaltilar bo'yicha g'alaba qozondi. Aleks Miller oradan etti yil o'tib, "Sibir"ni qabul qilib oldi, lekin uch oy o'tib ishdan bo'shatildi: "Rus mentalitetini umuman tushuna olmadim. Futbolchilarga nisbatan qattiqqo'l bo'lish kerakligini bilmagandim", — degandi menga Denis Laktionov. — "Rossiyada hamma professional deb o'ylagandim, aslida esa barchaga yosh boladek, orqasidan qarab yurish kerak ekan".


Riise CHempionlar Ligasidagi g'alaba uchun berilgan pulni — bir yuz ellik ming funtni — Ferrari F430 avtomashinasiga sarflagan. Orzusidagi mashinaga. Aynan u futbolchining fikricha, butkul muvaffaqiyatni aks ettirardi. Bir hafta o'tib terma jamoa ixtiyoriga uchib borishiga to'g'ri keldi va o'sha uchrashuvdan so'ng, uzoq kutilgan Norvegiyadagi tatil boshlanardi. SHu sababli, qaxramonimiz mashinasini Liverpuldan Osloga etkazi berishlari uchun yana yaxshigina xarajat qildi.

Oradan besh oy o'tib u "Ferrari"ni sotib yubordi. Jurnalistlar Riise qoidalarni buzgani uchun bir necha bor jarima to'lashga majbur bo'lgani haqida bong ura boshlashdi, asosiysi esa — agent Eynar Bordsen, aynan u Riisening moliyaviy ishlari bilan shug'ullanardi, futbolchiga uch million funt qarzi yuzaga kelganini malum qiladi. Qo'shimchasiga, Verdens Gang tabloidining Yon-Arne modellar va teleboshlovchilar bilan turli munosabatda bo'lgani borasida surishtiruv ishlarini boshlagandi.

Riise bularning barchasini turmush o'rtog'i bilan ajrashganidan chalg'ish uchunligi aytdi. OAV tufayli u terma safidagi ishtirokini vaqtincha to'xtatib qo'ydi, oradan vaqt o'tib qaytgach, «Rusenborg» yarim himoyachisi Yan-Gunnar Sollining qiz o'rtog'i Mariya bilan tanishib qoladi. Bir hafta o'tib Mariya Solli bilan orani ochiq qiladi va Riisenikiga ko'chib o'tadi. «Bu menga ishonch bag'ishladi, — deb yozadi Yon-Arne avtobiografiyasida. — Yolg'izlikda men baxtsizman».

Yarim yil o'tib yana yangi muammolar paydo bo'ldi. Stiven Teylorga nisbatan qo'polligidan so'ng, uchrashuvni boshqarib borayotgan hakam penalti belgilagan va «Liverpul» «Nyukasl» bilan o'yinda g'alabadan mahrum bo'lgan, Jerrard bilan kelishmovchilik, Portugaliyadagi yig'in vaqtida esa — CHempionlar Ligasi doirasida «Barsa» bilan o'yindan oldin — Monty’s restoranida o'zidan qo'shiq kuylab berishini so'ragan Kreyg Bellamiga nisbatan undanda keskinroq ohangda javob qaytarish. SHundan so'ng Bellami Riisening nomeriga keladi va uni golf klyushkasi bilan do'pposlaydi.

Benitesning aralashuvi bilan Kreyg jamoadoshidan uzr so'radi, ammo «Barselona» darvozasiga urilgan golni golfichi zarbasini ko'rsatish yo'li bilan nishonladi. Albatta bu katta ehtimol bilan Riisega atalgandi. 

Keyingi mavsum Riise uchun «Liverpul»dagi so'nggisi bo'ldi. CHap qanotda Benites ko'proq hamyurti Arbeloaga va barziliyalik Aurelioga ishonch bildirardi. Rafaning «Liverpul» yangi rahbariyati bilan kelishmovchiligiga asosiy sabablardan biri: «Benites "o'zining" futbolchilarini — o'zi sotib olgan o'yinchilarni nima bo'lsa ham asosiy tarkibda tushuraverardi», — yozadi Riise avtobiografiyasida.

CHempionlar Ligasi yarim finalida «CHelsi»ga qarshi o'yinla Riise jarohatlangan Aurelioni almashtirdi va jarima maydonida Nikolya Anelkaga qarshilik ko'rsataman deb, to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. Uyga qaytgach, u bo'kib ovqatlandi, shirinliklar tanovvul qildi va bir-ikki kun na ko'chaga chiqmadi va na telefonga javob bermadi. Muxlislar mashg'ulot bazasi devoriga: "Riise, yo'qol!" deb yozib ketishdi. Javob uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng u Benitesdan xayrlashish vaqti kelganligini eshitadi.

Riise bunga avtogol sabab emasligiga ishonchi komil: "O'sha mavsumdan oldin men biroz bo'shashgandim. Men o'zimni qo'yib yuborishi mumkinlardan emasman, — tan oladi kitobida. — Men doim maksimal ravishda mehnat qilishim — qolganlardan ko'proq ishlashim zarur. Men esa 5-10 % kamroq kuch bilan harakat qilardim va oqibatda uchrashuvlarga optimal formada etib bormasdim".



«Roma»ga kelgach, Riise Totti va de Rossi istiqomat qilgan uyda to'xtadi. «San-Siro»da Milanning har ikki klubiga gol urdi, muxlislar yoqimtoyiga aylandi, lekin ikkinchi mavsum u qadar omadli boshlanmadi — ikkinchi qizi Emma tufayli uxlolmay chiqardi va mashg'ulotlarda bu narsa o'z tasirini ko'rsatmay qolmasdi. Lekin keyin kichik ukasi o'ynayotgan «Fulxem»ga evrokubok bahsi (Riiselarning kattasi gol urgan) va «Yuventus» darvozasiga g'alaba to'pini urgandi — natijada "Sky Sports"ning asosiy teledasturiga taklif qilishgan .

Efirda italyancha gapirish kerakligini bilgan Riise uzoq vaqt dushda qamalib oladi — natijada u baribir efirga chiqadi va bir yarim yil ichida Rimda nima o'rgangan bo'lsa, barchasini, xatolaridan uyalmay, gapirib tashlaydi, hamda to'g'riso'zligi, mamlakatga bo'lgan hurmati tufayli olqishlarga sazovor bo'ladi.

Rimdagi uch yildan keyin barcha mebel va boshqa narsalarini do'stlariga ulashib, faqatgina otasining rasmini o'zi bilan olib olgan Riise Angliyaga qaytadi va ukasi bilan «Fulxem»da topishadi. Vaholanki, u bu erda o'n yil avval paydo bo'lishi mumkin edi. Birinchi o'yindayoq golli uzatma, keingisida Vermalen to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'yishiga sababchi bo'ldi. Lekin na Londonga ko'chib o'tish, na o'g'lining tug'ilishi turmush o'rtog'i bilan munosabatlar iziga tushib ketishiga turtki bo'la olmadi. «Men ajrashishni taklif qildim, Mariya «yaxshi» dedi va yana ishida davom etdi», — xotirlaydi Riise avtobiografiyasida.

Ukasinikiga ko'chib o'tgach, feysbukda Oslo yaqinida kiyim sotuvchi Luiza Markussen bilan tanishib qoladi va keyinroq u futbolchining uchinchi xotini bo'ladi. Agar Mariya Riiseni CHempionlar Ligasi yarim finalidan qaytib kelishini kutmay, uxlay olgan bo'lsa, Luiza deyarli barcha o'yinni bevosita stadiondan tomosha qilar, uchrashuvdan keyin esa taassurotlari bilan qiziqardi.

Luiza Riise uchun terma jamoa safidagi 105-o'yin bo'lgan Sloveniyaga qarshi bellashuvda ham bor edi (u Torbern Svenssenning deyarli yarim asrlik rekordini yangiladi). Terma jamoa safida gol urish bo'yicha esa  (16ta) Riise dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri — hattoki Roberto Karlos hisobida gollar Yon-Arnenikidan 5taga kam. 2018 bahorida Olesunnda Riisega atab haykal qo'yishdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика