Yoshlarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!
11 iyu 2015 12:36
Yangiliklar
Yoshlarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!
SHu kunlarda Yangi Zelandiyada yoshlar (U-20) o'rtasida qizg'in davom etayotgan jahon chempionati bahslarini “Qizilqum” PFK mamuriyati va jamoa azolari ham katta hayajon va zo'r qiziqish bilan kuzatib bormoqda.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining nimchorak finalda Avstriya futbolchilari ustidan qozongan g'alabasi barcha xalqimiz qatorida navoiyliklarni ham behad xursand qildi. Qolaversa, uchrashuvda yoshlarimiz posboni, “Qizilqum” jamoasi darvozaboni Dilshod Hamroevning ishonchli o'yinidan ko'ksimiz g'ururga to'ldi.
Fursatdan foydalanib, “Qizilqum” PFK rahbariyati va barcha jamoa azolari Ravshan Haydarov bosh murabbiyligida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yoshlarimizni muhim g'alaba bilan tabriklaydi. Ishonamizki, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kelgusi uchrashuvlarda ham xalqimiz ishonchini oqlab, millionlab muxlislarimizga olam-olam quvonch hadya etadilar. O'zbekiston Sizlardan faqat g'alaba kutadi!!!
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar