So’nggi yangiliklar

21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  0 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  4 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  16 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0

Yoshlarimizdan “Oq-tepa” darvozasiga javobsiz uchta gol Yangiliklar

Yoshlarimizdan “Oq-tepa” darvozasiga javobsiz uchta gol

Kecha 1995-96 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz “Jar” stadionining qo'shimcha maydonida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Birinchi ligadan oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Oq-tepa”ga qarshi kechgan bahsda yoshlar terma jamoamiz yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Aytish mumkinki, bu o'yinda “Oq-tepa” o'zidan hech narsa ko'rsata olmadi. Jamoaning o'yini juda qashshoq chiqdi.

SHuningdek, terma jamoamiz namoyish etgan futbolni ham zo'r deb bo'lmaydi. To'p uzatishlardagi xatolar nihoyatda ko'p bora ko'zga tashlandi. SHunga qaramay, 3:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi.

Avvaliga Eldor SHomurodov hisobni ochdi, keyin birinchi taym oxirlarida Zabixillo O'rinboev hisobni 2:0ga oshirdi. Ikkinchi taymda esa Mirjamol Qosimov penaltidan to'p kiritib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Ravshan Haydarov boshqarayotgan jamoa bugun tunda Turkiyaga uchib ketadi va Istanbul shahrida 17-19 avgust kunlari Albaniya yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 13 avgust

O'zbekiston (U-19) - “Oq-tepa” - 3:0
Gollar: E.SHomurodov, Z.O'rinboev, M.Qosimov (penalti)

O'zbekiston (U-19): Dilshod Hamroev, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Jamshid Boltaboev, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov, Zabixillo O'rinboev, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov, Firdavs Abdusalimov, Javohir Sohibov.

Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Rustam Ashurmatov, Ibrohim Abdullaev, Sardor Azimov, Mirjamol Qosimov, Javohir Siddiqov, Xurshid G'iyosov, Izzatilla Abdullaev, Elyor Mo'ydinov, Asliddin Abdiev, Andrey Sidorov, SHerzod Abduraimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика