Yoshlarimiz Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
10 okt 2014 15:53
Yangiliklar

Yoshlarimiz Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ilk turidan o'rin olgan O'zbekiston - Indoneziya o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston U-19 - Indoneziya U-19 - 3:1
Gollar: Doston Hamdamov 19, - 1:0. Zabihillo O'rinboev 23, penalti - 2:0. Paulo Oktavianus Sitanggang 59, - 2:1. Otabek SHukurov 86, - 3:1.
O'zbekiston U-19: 12.Dilshod Hamroev, 5.Odiljon Hamrobekov (3.Ibrohim Abdullaev, 28), 8.Javohir Sohibov, 9.Eldor SHomurodov, 10.Otabek SHukurov, 14.Firdavs Abdusalimov, 15.Bobur Davlatov (22.Javohir Sidiqov, 67), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Dostonbek Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov
Indoneziya U-19: 22.Rulli Desrian, 2.Putu Antara, 5.Muhammad Rochman, 6.Evan Dimas Darmono, 8.Muhammad Hargianto (21.Ichsan Kurniavan, 81), 9.Dinan Xaver, 13.Muhammad Kurniavan (17.Paulo Oktavianus Sitanggang, 53), 15.Maldini (23.Septian David Maulana, 48), 16.Hansamu Pranata, 19.Zulfiandi, 20.Ilham Armaiyn.
Ogohlantirishlar: Firdavs Abdusalimov 13, Evan Dimas Darmono 48.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+4. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshladi!
90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi
86. O'zgarish. O'zbekiston. Mirjamol Qosimov maydonga tushdi
86. Jarima maydoni tashqarisida turgan Otabek kuchli zarba bilan hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi
86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OTABEK SHUKUROV
85. Burchak to'pidan so'ng Putu Antara boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq
84. Indoneziyaliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishmoqda... vaziyatlar bo'lmoqda
81. O'zgarish. Indoneziya. Muhammad Hargianto o'rniga Ichsan Kurniavan tushdi
80. Yana bir vaziyat!!! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni O'rinboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq...
79. Xavfli vaziyayayayayayayayat! Hamdamovning jarimadan oshirgan to'pini SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'pni darvozabon qaytardi
78. Sidiqov raqib futbolchisi tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi
77. Indoneziyaning tezkor qarshi hujumi... Qanotdan oshirilgan to'pni himoyachimiz to'pni qaytardi
72. Eldor SHomurodov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam penalti belgilamadi
70. Vakillarimiz gol o'tkazib yuborgach biroz hujumkor o'yin namoyish etishni boshlashdi.
67. O'zgarish. O'zbekiston. Bobur Davlatov o'rniga Javohir Sidiqov tushdi
63. Yana bir vaziyat! SHukurovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi
60. Xavfli vaziyat!!! Qanotdan oshirilgan to'pni Zabihillo O'rinboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida
57. GOL! Paulo Oktavianus Sitanggang chamasi 30 metrlardan yo'llangan zarbasi darvozaning yuqori burchagiga kirib ketdi - 2:1.
55. Vakillarimiz ikkinchi bo'limda hozircha golga tortadigan xavfli vaziyat yaratishmadi
53. O'zgarish. Indoneziya. Paulo Oktavianus Sitanggang maydonga tushdi
50. Ogohlantirish. Indoneziya. Evan Dimas Darmono jarima maydoni ichida simulyaciya qilgani uchun
48. O'zgarish. Indoneziya. Maldini o'rniga Septian David Maulana
47. Xavfli vaziyat! Raqibimizning tezkor qarshi hujumi! O'ng qanotdan oshirilgan to'pdan so'ng zarba berildi! Noaniq
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1. Birinchi bo'lim tugadi
45. Dastlabki bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi
42. Raqiblarimiz biroz qo'polroq o'ynashmoqda... Firdavs Abdusalimov hozir shikastlandi
38. Indoneziyaliklar burchak to'pi ishlab olishdi. Dinan Xaverning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
36. Zabihillo O'rinboev SHomurodovning pasidan so'ng 17 metrlardan zarba berdi, noaniq
32. Doston Tursunov jarohat olib maydonda yotibdi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishdi
30. Endi bizning darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbani Dilshod Hamroev qaytardi!
29. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pga O'rinboev eta olmadi
28. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Hamrobekov o'rniga Ibrohim Abdullaev tushdi
27. Dinan Xaver tezkor ravishda jarima maydoni ichiga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatdi, Muhammad Hargianto esa zarba bera olmadi
25. Raqib jamoa safidagi Maldini oldinga bordi, lekin o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
24. "Nuqtadan" Zabihillo gol urdi - 2:0.
23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZABIHILLO O'RINBOEV
23. Penalti!!! Xurshid G'iyosov jarima maydoni ichida yiqitildi...
22. Eldor SHomurodov raqib jarima maydoni ichida himoyachidan qochib keta olmadi
19. CHap qanotdan oshirilgan to'pni SHomurodov darvozaga yo'llay olmadi, yaxshiki undan keyin turgan Doston Hamdamov to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.
19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON HAMDAMOV
18. Otabek SHukurovning 30 metrlardan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi
16. Jarima to'pidan so'ng indoneziyaliklarning tezkor qarshi hujum tashkil etishdi. Hayriyatki hujumchining zarbasi o'xshamadi. Diloshd Hamroev o'z o'rnida
15. Hujumchimiz Zabihillo O'rinboev jarima maydoniga yaqin joyda qo'pollik bilan yiqitildi. Yana bir jarima to'pi
13. Ogohlantirish. O'zbekiston. Firdavs Abdusalimov
10. Javohir Sohibovning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.
9. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi
8. Vakillarimiz chap qanotda jarima to'pi ishlab olishdi
1. O'yin boshlandi.
- O'zbekiston davlat madhiyasi...
- Indoneziya davlat madhiyasi.
Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar