So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

Yoshlarimiz o'rtoqlik bahsida Rossiyaga yutqazib qo'yishdi + FOTO Yangiliklar

Yoshlarimiz o'rtoqlik bahsida Rossiyaga yutqazib qo'yishdi + FOTO

O'zbekiston U-21 va Rossiya U-21 o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


- Uchrashuv boshlandi!

- Ravshan Haydarov shogirdlari o'yinni faollik bilan boshlashdi. Ammo jamoamiz tarafidan tashkil etilgan hujumlar yakunlanmay qoldi. Rossiya yoshlarining dastlabki hujumi chap qanot xavfli tus oldi va Ivan Oblyakovning darvozamiz tomon tepgan zarbasi gol bilan tugadi - 0:1.

Goldan keyin mehmonlar to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishmoqda.

11-daqiqa: Maydon markazidan boshlangan hujum ancha xavfli chiqdi. Javohir Qahramonovning to'p uzatmasidan so'ng Islom Rashidxonov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgandi. Ammo Islom Rashidxonov to'pni darvozaga yo'llayman deguncha raqib himoyachilari xavfni bartaraf etishga ulgurishdi.
18-daqiqa: O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hozir uchrashuvdagi hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. O'ng qanotdan rivoj olgan hujumni Javohir Qahramonov samarali yakunlay olmadi. Uning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
19-daqiqa: Darvozamizga penalti! Rifat Jemaletdinov o'yindagi hisobni 2:0ga etkazdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasida gol urish uchun ikkita vaziyat yuzaga keldi. Dastlab SHarof Muhitdinovning, keyin esa Zabihillo O'rinboevning darvozaga tepgan zarbalari noaniq ketdi.
33-daqiqada yana gol urildi. Bu safar ham Rossiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi Ivan Oblyakov jarima maydonchamiz ichida xotirjam harakat qildi va o'z imkoniyatidan unumli foydalandi - 0:3.

Birinchi taym tugadi - 0:3.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.
50-daqiqa: Vakillarimiz uyushtirgan hujum nihoyat gol bilan yakunlandi. Sardor Azimov chap qanotdan himoyachilardan uzib ketdi va darvozabonni aldab o'tib, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi - 1:3.
52-daqiqa: Javohir Siddiqovning to'p oshirishidan so'ng hozirgina maydonga tushgan Bobir Abdixoliqov boshi bilan gol urdi va hisobni qisqartirdi - 2:3.
61-daqiqada Dmitriy Barinov belgilangan jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi va hisobni 2:4ga etkazdi.
79-daqiqa: Penalti! Zabihillo O'rinboev 11-metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi - 3:4.
Uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murosasiz o'tgan bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

O'zbekiston U-21 - Rossiya U-21 3:4
27 may 2017. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30


Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Mamur Saidqosimov, Ruslan Serazetdinov, SHerzod Qosimov (barchasi O'zbekiston)

Gollar
: Ivan Oblyakov (6, 33), Rifat Jemaletdinov (19-penaltidan), Sardor Azimov (50), Bobir Abdixoliqov (52), Dmitriy Barinov (61) Zabihillo O'rinboev (76 penaltidan)

O'zbekiston U-21
- 21.Dilshod Hamroev, 2.Oybek Rustamov, 4.Ergash Ismoilov (3.Islom Qobilov, 35), 5.Husniddin G'ofurov, 7.Xurshid G'iyosov, 8.Sardorbek Azimov, 9.Islom Rashidxonov (18.Bobir Abdixoliqov, 46), 11.Zabihillo O'rinboev, 16.Javohir Qahramonov (10.Javohir Siddiqov, 35), 17.SHarof Muhitdinov, 20.Dostonbek Tursunov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 3.Islom Qobilov, 6.Aziz G'aniev, 10.Javohir Sidiqov, 13.Abdujamol Isroilov, 15.Ravshan Xursanov, 19.Doniyor Narzullaev, 18.Bobir Abduxoliqov, 22.Begzod G'anijonov

Rossiya U-21 - 12.Igor Obuxov, 2.SHamsiddin SHanbiev, 3.Aleksandr Lixachev, 4.Evgeniy Nazarov, 5.Daniil Fomin, 8.Igor Bezdenejnyx, 9.Ilya Jigulev, 14.Ivan Oblyakov, 16.Rifat Jemaletdinov, 17.Pavel SHakuro, 19.Georgiy Melkadze
Zaxiradan maydonga tushganlar: 23.Ilya Pomazun, 1.Igor Leshuk, 6.Dmitriy Barinov, 7.Ilzat Ahmedov, 10.Fedor CHalov, 11.Aleksey Gasilin, 13.Aleks Macukatov, 15.Igor Konovalov, 18.Nikita Kalugin, 20.Zelimxan Bakaev, 21.Leo Goglichidze, 22.Nikolay Rasskazov.
Ogohlantirish: Aleksandr Lixachev (31)



















Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика