So’nggi yangiliklar

20:15Аморим МЮ ҳақида: "Бу мавсум сўнгги 50 йилдаги энг ёмони бўлди"  0 20:01Дэвид Бекхэм: "Ҳеч кимни Месси билан таққослаб бўлмайди, лекин Ямал унга энг яқини. Ишонаманки, бир кун у Лео билан тенглаша олади"  6 19:40"Андижон" ва "Сурхон" собиқ устозлари "Шўртан" бош мураббийлигига номзод  4 19:05Ретро футбол. "Нефтчи" - "Саут Чайна" 5:4. Анвар Бердиевнинг покери ва Фарғонадаги ўша қадрдон стадионни ёдга оламиз  18 18:49Давиде Фраттези: "Бу нима эди? Шунчалик баланд овозда бақирганимдан бошим айланиб кетди"  6 18:00Марказий Осиё. "Истиқлол" ва "Аркадағ" пешқадамликка қайтди  0 17:36Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланади?  2 17:31"Шўртан"га вақтинчалик мураббий тайинланди  4 17:24Расман: Ҳакамлар академияси ўз фаолиятини бошлади  5 16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0 15:50"Барселона" футболчиси Ачербига тупиргани учун 4та ўйингача четлатилиши мумкин  18 15:04Венгер Кубарсининг Лаутарога қарши "подкати" ҳақида: "Мен бундай пенальтиларга ва секинлаштирилган кадрлардан фойдаланишга мутлақо қаршиман"  19 14:31Эшитдик-да! Осиё чемпиони бўлган мураббий 2 та Суперлига клуби таклифини рад этди  25 14:23"Машъал" "Қизилқум"ни Ғузорда қабул қилади  2 14:11Собиқ ҳакам Фернандес Ачербининг голи ҳақида: "Қоида бузилмаган. Мартин ўз хатосида ҳакамни айблади"  19

Yoshlarimiz ikkinchi o'yinda ham Yangi Zelandiyani mag'lub etishdi Yangiliklar

Yoshlarimiz ikkinchi o'yinda ham Yangi Zelandiyani mag'lub etishdi

O'zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Toshkent. "JAR" stadioni.

O'zbekiston U20 - Yangi Zelandiya U20 - 2:1

Gollar:
SHomurodov 19, Qosimov 78.- Rufer 47.

O'zbekiston U20: 21. Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov, 3.Ibrohim Abdullaev, 5.Odil Hamrobekov (22.Javohir Sidiqov 46), 9.Eldor SHomurodov (13.Ergash Ismoilov 88), 10.Otabek SHukurov, 11.Temur Tolipov (6.Akromjon Komilov 58), 16.Sardor Azimov(15. Akobir To'raev 58), 18.Ravshan Xursanov (4.Mirjamol Qosimov 46), 20.Doston Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov (14.Namjmiddin Normurodov 88).

Yangi Zelandiya U20: 12.Nikola Zanev, 3.Deklan Uayn, 4.Jessi Edj (2.Brok Messenjer 62), 5.Adam Mitchell (13.Kori Braun 62), 6.Samuel Broterton, 8.Moses Dayer, 10.Klayton Lyuis, 15.Aleks Rufier (9..Judd Beyker 84), 17.Metyu Ridenton (16.Te Vixongi 84).18.Noa Billingsley (14.Andre De Yong 68), 19.Nikolas Del (7.Endryu Bleyk 46),




90. O'yin yakunlandi! Yoshlar terma jamoamizning Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazgan ikkinchi o'yinida ham vakillarimiz g'alaba qozondilar!

90.
Zarbaaa! Sidiqov raqib futbolchisini aldab o'tib tahminan 20 metrlardan zarba berdi. Ammo, ushbu zarba biroz noaniq...

88.
Endi vakillarimiz safida o'zgarish. Eldor SHomurodov va Xurshid G'iyosovlar o'rniga Ergash Ismoilov va Namjmiddin Normurodovlar maydonga tushdilar.

86.
SHuni takidlash lozimki, raqiblarimiz imkoniyatni boy berayotgan bo'lsalarda katta kuch bilan oldinga o'tayotganlari yo'q.

84.
Raqiblar tarkibida o'zgarish. Aleks Rufier va Metyu Ridenton o'rniga Judd Beyker va Te Vixongilar maydonga tushdilar.

81.
To'p nazorati vakillarimiz tomonga o'tdi!

78. GOOOOLLL!!!! Mirjamol Qosimovning jarima maydonchasi chizig'idan bergan zarbasi raqib darvoza to'ridan joy oldi! Demak, 2:1!

76.
O'yin tempi past.

75.
Zahiradan maydonga tushgan Akobir To'raev o'yinga kirishib keta olmayapti.

72. Ogohlantirish. Rustam Ashurmatovga!

68.
Yangi Zelandiya tarkibida o'zgarish. Noa Billingsley o'rniga Andre De Yong maydonga tushdi.

67.
Ikkinchi bo'limda hujumchilarimiz Eldor SHomurodov chap qanotda, Akobir To'raev markazda, Javohir Sidiqov esa o'ng qanotda harakat qilmoqda.

66.
SHukurovning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. Unga to'pni Eldor SHomurodov oshirib bergandi.

65.
Zabihillo O'rinboev, Doston Hamdamov va Javohir Sohibov kabi futbolchilar o'z klublari safida OCHL o'yinida maydonga tushish uchun jo'nab ketganlar.

64.
Vakillarimiz ijrosida tezkor qarshi hujum. Sidiqov va To'raevlar kombinaciyasi Akobirning noaniq pasi bilan yakuniga etdi.

62.
Raqiblarimiz safida o'zgarish. Jessi Edj va Adam Mitchelllarning o'rniga Brok Messenjer va Kori Braunlar maydonga tushdilar.

60.
Eldor SHomurodov bugun faol harakat qilmoqda. Uning zarbasini himoyachilar bartaraf etdilar. Burchak to'pidan so'ng esa Tursunov noaniq zarba berdi.

58.
O'zbekiston terma jamoasida o'zgarish. Temur Tolipov va Sardorbek Azimovlar o'rniga o'yinni Akrom Komilov hamda Akobir To'raevlar davom ettiradilar.

56.
Yana zarbaaa! Qosimovning 10 metrlardan bergan zarbasini mehmonlar posboni ajoyib tarzda bartaraf etdi.

55.
Himoya markazida bugun Ibrohim Abdullaev va Doston Tursunovlar juda ishonchli o'ynashmoqda.

54. Zarbaaaaa!!! Eldor SHomurdov jarima maydoniga kirib zarba berdi. Ammo... Birrrroz noaniq!

53.
Terma jamoamiz vakillarining hujumlari maydon markazigacha ham etib bormayapti.

52.
Burchakdan oshirilgan to'pni himoyachilarimiz faollik ko'rsatib qaytarib yuborishdi.

50.
Raqiblarimiz ikkinchi taymni ketma-ket hujumlar bilan boshladilar.

47. Gol. Raqiblarning 15-raqamdagi futbolchisi Aleks Rufer himoyachilarimizning xatosidan foydalanib gol kiritdi.

46.
Raqiblarimizda ham o'zgarish. Nikolas Delning o'rniga maydonga Endryu Bleyk tushirildi.

46.
Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish. Xursanov va Hamrobekov o'rniga Qosimov va Sidiqov maydonga tushirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. Birinchi bo'lim yakunlandi!

44.
Raqiblar hozircha birinchi bo'lim davomida umuman darvozamiz tomon zarba berganlari yo'q.

40.
Jarima to'pi. Otabek SHukurov to'pni Azimovga oshirib berdi. Uning darvozaga yo'llagan zarbasi esa himoyachilarga tegib, darvozabonning qo'liga borib tushdi.

39.
To'p nazorati raqiblar tomonga o'tdi.

36
. O'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bormoqda.

34. Havfli vaziyat!!! O'ng qanotda Xursanov tomonidan berilgan zarba himoyachilarga tegib darvoza tomon yo'l olayotgandi. Ammo... Ushbu to'p Hamrobekovga tegib darvoza to'riga borib tushmadi.

31.
Dostonbek Tursunov raqib futbolchisi Klayton Lyuisga oldinga o'tishga imkoniyat bermadi.

28.
SHomurodov tomonidan tepilgan jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

25.
Terma jamoamiz uchta hujumchi bilan harakat qilmoqda.

23.
Otabek SHukurov tomonidan tepilgan jarima zarbasini mehmonlar darvozaboni bartaraf etdi.

19. GOOOOOL!!! Eldor SHomurodov! Hurshid G'iyosov o'ng qanotdan oshirib bergan to'pni "Bunyodkor" futbolchisi raqiblar darvozasiga yo'llab qo'ydi!

15.
Rustam Ashurmatov chap qanotdan oldinga o'tdi, uning havolatib jarima maydoniga uzatgan to'piga Sardor Azimov eta olmadi

13.
Yangi Zelandiyalariklar asosan uzun paslar bilan hujum qilishga urinishmoqda. Hozircha samara yo'q.

11. XAVFLI VAZIYAT! SHomurodov raqib jarima maydoniga kirib bordi. Ammo to'pni sheriklariga uzata olmadi.

8. Uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda past. "Jar" stadioniga 200 ga yaqin tomoshabin kelgan

5.
Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi. Baland bo'yli himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

3.
Uchrashuv maydon egalarining hujumi bilan boshlandi. Ravshan Hursanov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

1. O'YIN BOSHLANDI


- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

O'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomi malum bo'ldi.

O'zbekiston U20 - Yangi Zelandiya U20 - 2:1

Gollar:
SHomurodov 19, Qosimov 78. - Rufer 47.

O'zbekiston U20:
21. Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov, 3.Ibrohim Abdullaev, 5.Odil Hamrobekov, 9.Eldor SHomurodov, 10.Otabek SHukurov, 11.Temur Tolipov, 16.Sardor Azimov, 18.Ravshan Xursanov, 20.Doston Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov.

Zaxira: 12.Dilshod Hamroev, 4.Mirjamol Qosimov, 6.Akromjon Komilov, 8.Javohir Sohibov,  17.Doston Hamdamov, 13.Ergash Ismoilov, 14.Namjmiddin Normurodov,  15. Akobir To'raev, 22..Javohir Sidiqov,  

Yangi Zelandiya U20: 12.Nikola Zanev, 3.Deklan Uayn, 4.Jessi Edj, 5.Adam Mitchell, 6.Samuel Broterton, 8.Moses Dayer, 10.Klayton Lyuis, 15.Aleks Rufier, 17.Metyu Ridenton.18.Noa Billingsley, 19.Nikolas Del,
Zaxira: 1.Oliver Sail, 2.Brok Messenjer,  7.Endryu Bleyk, 9..Judd Beyker, 11.Joel Stevens 13.Kori Braun, 14.Andre De Yong, 16.Te Vixongi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика