So’nggi yangiliklar

18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  0 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  1 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  0 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  0 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  3 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  24 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  0 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  7 14:25Кичин "Локомотив"ни тарк этиб, "Барс"га ўтди  4 14:15Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   38 13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  8 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3 12:35"Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  25 12:14"Манчестер Юнайтед" скаути: "Унда "Юнайтед" ДНКси бор, афсуски бизникилар буни кўра олишмади"  33

Yoshlar ligasi. “Neftchi” vodiy derbisida g'alaba qozondi Yangiliklar

Yoshlar ligasi. “Neftchi” vodiy derbisida g'alaba qozondi

“Neftchi” yoshlari navbatdagi muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
16-tur.

“Neftchi” – “Navbahor” 2:1 (2:0).


Farg'ona. “Kirguli SK” stadioni.

Hakam: Abror Jo'raxonov (Andijon).

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
Gollar: N. Kamolov, 15 (pen.), S. Qulmatov, 17 - Botir To'raboev 77

“Neftchi”: 16.Abdumavlon Abdujalilov, 17.SHoxruh Xolmatov (S), 5.Sardor Qulmatov, 22.Saydullo Rahmatov, 8.Doston Tursunzoda, 10.Nodirbek Kamolov, 20.Dilyorbek Irmatov, 23.Otabek Zokirov, 27.Hoshimbek SHokirov, 30.Xayrullo Qodirov, 77.Izzat G'aniev.

Zaxira: 42.Islom Saydullaev, 3.Fazliddin Qosimjonov, 6.Doston Mamajonov, 7.Alisher Fayzullaev, 15.Doniyor Fozilov, 25.Murodbek Bobojonov, 29.Asliddin Soyipov.

“Navbahor”: 12.Islom Yoqubov (S), 4.Akbar Sattaev, 6.Botir To'raboev, 8.Farrux Toshpo'latov, 10.Doniyor Inomov, 14.Muhammadjon Rasulov, 17.Azizbek Turg'unboev, 18.Sanjar Toshpo'latov, 23.Alisher Samatov, 24.Akbarsho Rashidxonov, 25.Xojiakbar Yunusov.

Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 5.Rahmonjon O'rinov, 7.Aziz Sayfiddinov, 9.Ibrohim Ismoilov, 15.SHoxruh Sayfutdinov, 20.G'ayrat Jo'raev, 21.Azam Aliev.

 

Qo'shnilarning har qanday to'qnashuvi doimo qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tib kelgan. Yoshlar ligasi doirasida 16-turda to'qnash kelgan “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi bahs ham shiddatli va hujumlarga boy tarzda kechdi.

Diskvalifikaciya tufayli oliy liganing 16-turida maydonga tusha olmaydigan Dilyorbek Irmatov shu kuni yoshlar jamoasiga yordam berdi.

“Navbahor” tarkibida esa Xurshid Xo'jaev, Akbar Sattaev, Alisher Samatov, Azam Aliev va Botir To'raboev singari asosiy tarkib azolarini uchratish mumkin edi.

O'yinga keladigan bo'lsak, bellashuvning dastlabki 10 daqiqasini jamoalar bir-birini o'rganish bilan o'tkazdi.  

15-daqiqaga kelib esa uchrashuvda hisob ochildi. Xojiakbar Yunusov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirgan Otabek Zokirovni ortidan chalib yiqitdi. Hakam penalti belgiladi. Nodirxon Kamolov nuqtaga yaqinlashdi va darvozani aniq nishonga ola bildi, 1:0.

Oradan hech qancha vaqt o'tmay, aniqrog'i 17-daqiqada jamoamiz uchrashuvdagi ikkinchi to'pini ham kiritishga erishdi. O'ng qanotadan hujum tashkil etayotgan Irmatovni raqib futbolchisi qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Belgilangan jarima to'pini Izzat G'aniev amalga oshirdi. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Sardor Qulmatov darvoza yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.  

Kirtiilgan ikki goldan keyin ham “Neftchi” yoshlari hujum qilishni susaytirmadi. 30-daqiqa o'tib borayotganida Xayrullo Qodirov markazda to'p bilan oldinga yurish qildi va jarima maydoniga kirib borayotgan Otabek Zokirovni pas bilan taminladi. Raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Otabekdan “Navbahor” darvozaboni Islom Yoqubov to'pni olib qo'ydi.  

33-daqiqada jarima maydoni tashqarisida Otabek Zokirovga nisbatan fol ishlatildi. Belgilangan jarima zarbasini Irmatov amalga oshirdi. Biroq Dilyorbekning bergan zarbasi ustun yuqorisidan o'tib ketdi.

SHu tariqa jamoalar tanaffusga 2:0 hisobida chiqib ketdi.

Ikkinchi taymni mehmonlar bira to'la to'rtta o'zgarish qilish bilan boshladi. Zaxiradan bir qator mahoratli o'yinchilar tushirilishi namanganliklarning o'yinini jonlanishiga zamin yaratdi.

71-daqiqaga kelib mehmonlar hisobni qisqartirishga erishdi. CHap qanotdan “Navbahor” futbolchilari burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydoni ichida turgan Botir To'raboev o'ziga kelib tushgan to'pni qabul qilib olib, darvoza sari aniq zarba yo'lladi va hisobni 2:1 ko'rinishga keltirdi.

SHundan keyin ham namanganliklarda yana bir juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. G'ayrat Jo'raev jarima maydonida to'pni qabul qilib olib, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Jo'raev bu vaziyatda to'pni “Neftchi” posboni ustidan oshirib tashlamoqchi bo'ldi. Biroq Abdumavlon Abdujalilov o'z o'rnida aniq harakat qilib to'pni ushlab olishga erishdi.

85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Murodbek Bobojonov havodagi to'p uchun kurashda raqibini dog'da qoldirdi va to'pni egallab olib, jarima maydoni sari yurish qildi. Uning qarshisida turgan sherigiga oshirgan pasi noaniq chiqdi.

90+2-daqiqada "Neftchi" futbolchilari o'yinda 3-golini urishga juda yaqin edi. Rahmatov chap qanotdan faollik ko'rsatib, jarima maydoni ichiga yorib qirib, markazroqdagi sherigi Bobojonovga to'p oshirmoqchi bo'ldi. Biroq mehmonlar himoyachisi aniq harakati bilan havfni barataraf etdi.

SHu tariqa uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi. “Neftchi” yoshlari esa navbatdagi muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика