So’nggi yangiliklar

14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  0 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  12 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  15 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  5 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  18 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  6 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  8

Yoshlar ligasi: “Nasaf”-“SHo'rtan” 1:0 (sharh) Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Nasaf”-“SHo'rtan” 1:0 (sharh)

Teglar :  Yoshlar ligasiNasaf
Yoshlar ligasining ilk turida Zafar Xolmurodov boshchiligidagi “Nasaf” o'rinbosarlari jamoasi kichik g'alabaga erishdi.


Uchrashuv boshidan kutilmaganda “SHo'rtan” yoshlari tashabbusni o'z qo'llariga olib, hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Ammo yosh, umidli darvozabon Umidjon Ergashev o'z mahoratini namoyish etib jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. O'yinda hisob 28-daqiqada ochildi. Markazdan boshlangan hujum o'ng qanot orqali rivojlantirildi. Dilshod Xushbakovning o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga erlatib etkazib bergan to'pini Sirojiddin Ettiboev yaqin masofadan osonlik bilan darvozaga aniq yo'lladi – 1:0. Ushbu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi va yosh futbolchilarimiz mavsumdagi ilk g'alabani tantana qilishdi.

 

Yoshlar birinchiligi, 1-tur. 05.04.2016. 

“Nasaf” – “SHo'rtan” 1:0 (1:0)

Qarshi shahri. 151 tomoshabin. 

Hakamlar: Dilshod Karimov -7,6, Farhod Usmonov-7,3, Zufar Eliboev-7,3, Janon Hamidov-7.

Nazoratchi: Arslon Hotamov. 

Nasaf”: 30. Umidjon Ergashev, 6.  Sirojiddin Qo'ziev, 7. Akbar Murodov, 10. Islom Rashidxonov, 14. Dilshod Xushbakov (38. Jahongir Qurbonboev, 90), 18. Sirojiddin Ettiboev (45. Xudoyberdi Holiqov, 75), 22. Islom Kenjaboev, 23. Samandar SHukrullaev, 32. G'olib G'aybullaev,(33. Botirjon To'raev 53), 41. Najmiddin Nomurodov (s).

Zaxiradagilar: 12. Muzaffar SHaripov, Ilhomjon Alijonov, 36. Akmaljon Olimov, 43. Timur Fayzullaev, 

SHo'rtan”: 1. Akmal Rahimov, 3. Ulug'bek G'ofurov (21. Mirjalol Mirzayorov, 79), 4. Mirmuhsin Sattorov, 5. Yo'lchi Fayzullaev, 6. Rustam Haydarov, 9. SHahzodbek Xursanov, 12. Ilhom Abdiev, 17. G'ulom Rahmonov (s), 18. Bobur To'raev, 19. Elyor Tog'aev (16. SHahzod Berdiyorov, 89), 20. Nurali Padarov.

Zaxira: 79. Jahongir Karimov, 11. Jasur Boboev, 14. Javlonbek Ramazonov,15. Fayoz Azimqulov,. 

Gol: Sirojiddin Ettiboev (28).

Ogohlantirishlar: S.Qo'ziev (16),S. Ettiboev (19)-U. G'ofurov (37), D.Ramazonov (87), M.Mirzayorov (90+3).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика