So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  1 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Yoshlar ligasi. "Bunyodkor" qoldirilgan o'yinda "Nasaf"ni engdi Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Bunyodkor" qoldirilgan o'yinda "Nasaf"ni engdi

"Nasaf" yoshlari 3-turning qoldirilgan uchrashuvida “Bunyodkor” yoshlari bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechdi. Dastlabki bo'limning esda qolarli vaziyatlaridan biri 36-daqiqada sodir bo'ldi. Alisher Sanoev posbon Umidjon Ergashev bilan birga-bir holatda darvozaga yo'llagan zarbasi to'singa tegib qaytdi.

45-daqiqada yoshla ham imkoniyatdan foydalana olishmadi. Dilshod Saitovning o'tkir burchakdan darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida “Bunyodkor” yoshlari tarkibida birdan uchta o'zgarish bo'ldi. Bu o'zgarishlar orqali maydonga tushgan o'yinchilar o'z jamoasi o'yinini kuchaytira olishdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Rasul Yuldashev  gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0.

Yoshlar tarkibida bo'lgan o'zgarishlar ham jamoa o'yinini kuchaytirgan bo'lsada, yaratilgan imkoniyatlardan  samarali foydalana olishmadi. Ayniqsa 75-daqiqada Alfayzi Nematov hisobni tenglashtirishga juda yaqin bo'ldi. Uning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq yo'nalish oldi. Agar bu o'yinchi darvozaga to'pni to'g'ri yo'naltirganda, “Bunyodkor” yoshlari posboni to'pni qaytara olmasdi. U vaziyatdan uzoqroqda qolib ketgan edi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida oradagi hisob 2:0ga o'zgardi. Yosh “qaldirg'ochlar”ning bu golini Jahongir Abdusalomov kiritdi – 2:0.

 
Yoshlar ligasi, 3-tur qoldirilgan uchrashuv

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 2:0 (0:0)
03.07.2017. “Bunyodkor” akademiyasi. 18:00da
Hakamlar
: Dmitriy Klepikov, Xusniddin Bahodirov, Jaloliddin Najmiddinov, Oybek Kalaxo'jaev (barchasi Toshkentdan)
Nazoratchi: Ibragim SHaripov (Buxoro)

Gol: Rasul Yuldashev, 62’-1:0, Jahongir Abdusalomov, 82’-2:0.

“Bunyodkor”: 1.Eldor Adxamov, 2.Abubakr Muydinov, 3.Burxon Usmonov (6.Sardor Madrahimov 85), 9.Farrux Ikromov (7.Javohir Esonqulov 46), 10.Nodirbek Mavlonov (s), 11.Rasul Yuldashev, 15.Suxrob Izzatov (30.Ibrohim G'ofurov 63), 16.Alisher Sanoev (14.Ziyovuddin Axadov 46), 54.Otabek Bekboev, 71.Mirjahon Miraxmadov (19.Jahongir Abdusalomov 63), 77.Sardorbek Azimov (8.Azamat Roziqov 46).
Zaxira: 25.Javohir Qilichev.

“Nasaf”: 1.Umijon Ergashev, 4.Jo'rabek Mannonov, 6.Sirojiddin Qo'ziev (43.Alfayzi Nematov 63), 7.Dilshod Saitov, 9.Dilshod Xushbakov, 15.G'olib G'aybullaev (s), 19.SHerzod Nasrullaev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Akmaljon Olimov (38.Xudoyorxon Sagdullaev 83), 28.Sardor Sadullaev, 32.Navro'zjon Saidov (14.Jahongir Qurbonboev 67).
Zaxira: 30.Muzaffar SHaripov, 16.Anvar Husanov, 33.SHohruh Nematov, 35.Alijon Axmatov.

Ogohlantirish: Akmaljon Olimov (64).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика