So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

Yoshlar ligasi. 13-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 1:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. 13-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 1:2

Bugun yoshlar ligasi 13- tur uchrashuvida jamoamiz yoshlari Toshkentda Bunyodkor jamoasi yoshlariga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tganiga qaramay, dastlabki taymda hisob ochilmadi.

Vakillarimiz o'yinni faol boshlashdi. Ilk daqiqalardan futbolchilarimiz ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Biroq ulardan foydalana olmadik.

17-daqiqada hisobni ochishimiz mumkin edi. Doston Meliqo'ziev raqibning yarim jamoasini aldab o'tib, darvozaga yaqinlashib bordi va uning so'nggi zarbasi biroz noaniq chiqdi.

Taymning qolgan daqiqalarida har ikki jamoa ko'plab imkoniyatni yo'qqa chiqarishdi.

Ikkinchi bo'limni o'rinbosararimiz yanada faol boshladi.  49-daqiqada judayam chiroyli hujum uyushtirishdi futbolchilarimiz. “Bunyodkor” o'yinchisi Sardor Madrahimov o'z darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi.

52-daqiqada mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Zaxiradan maydonga tushgan CHemirtanning ajoyib to'p oshirishidan so'ng, darvozabonimiz bilan birga – bir chiqqan Azamat Roziqov hisobni ochdi.

Oradan bir daqiqa o'tib, vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan Muhammadanas Hasanov o'zining aniq va aylanma zarbasi bilan raqib posbonini ojiz qoldirdi.

67-daqiqada yana o'sha Muhammadanas Hasanovning o'zining shedevr goli evaziga jamoamizni oldinga olib chiqdi. Hujumchimiz uzoq masofadan aniq va kuchli zarba yo'llab o'z dublini rasmiylashtirdi.

Uchrashuv yakunlanishi arasida birinchi gol mualifi,  mezbonlar futbolchisi Azamat Roziqov maydondan chetlatildi.

O'yin so'nggi mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun oldinga intilishdi. Ammo ularning barcha urinishlari besamar tugadi. O'rinbosrlarimiz 13-turda g'alaba qozonib, ochkolar sonini 24 taga etkazib olishdi.

Bugungi bahsda qiziq holatga duch keldik. Ayni damda Bunyodkor yoshlariga SHuhrat Maqsudov murabbiylik qilmoqda. Jamoamiz yoshlarini esa Muhsin Nizomiddinov maydonga boshlab tushdi. Har ikki murabbiyning bir paytlar ustozi bo'lgan Yuriy Sarkisyan ham mazkur uchrashuvni bevostida stadionda kuzatib bordi.

Yoshlar ligasi

13-tur

Bunyodkor – Qo'qon-1912 1:2 (0:0)

Gollar
: Azamat Roziqov – 52. – Muhammadanas Hasanov – 53, 67.

Bunyodkor: 45. Dilshod Hamroev, 3. Burxon Usmonov, 6. Sardor Madrahimov, 8. Azamat Roziqov, 10. Nodir Mavlonov, 11. Nodirxon Kamolov, 14. Javohir Esonqulov, 15. Javlon Mirabdullaev, 17. Saidjon Toshpo'latov, 30. Ibrohim G'ofurov, 71. Mirjahon Mirahmedov (7. Vadim CHemirtan -46).
Zaxira: 25. Akrom Xodjaev, 2. Mardon Abdullaev, 9. Doniyor Abdumannopov. 16. Alisher Sanoev, 54. Otabek Bekboev. 77. Bobur Eraliev.

Qo'qon-1912: 21. Muzaffar Abdullaev, 6. Dilshod Baratov, 7. Oybek Rustamov, 10. Abror Rahmonov, 18. Ismoil Oxunjonov, 19. Doston Meliqo'ziev, 22. Muhammadanas Hasanov (4. Muhsin Baratov – 90), 24. Mamur Rahimov (70. Mo'min Sodiqjonov – 56), 28. Avaz Mamatxo'jaev, 29. Iqbol Malikjonov, 33. Ibrohim Muxtorov (15. Ibrohim Ahmadjonov-58).
Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 23. Dadaxon Sulaymonov, 25. Ramzbek Isaqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика