Yosh "mashalchilar" "Umid nihollari-2015"ga tayyorlanmoqda
05 fev 2015 14:22
Yangiliklar

Yosh "mashalchilar" "Umid nihollari-2015"ga tayyorlanmoqda
SHu yilning may oyida Xorazmda maktab o'quvchilari o'rtasida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Umid nihollari-2015" musobaqasi bo'lib o'tadi.
SHu musobaqaning saralash bosqichida "Mashal" akademiyasining yosh futbolchilari ham ishtirok etadi. Sportning futbol turi bo'yicha Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilish uchun to'qqiz nafar futbolchimiz jalb etilgan. Ushbu futbolchilar viloyat terma jamoasi uchun o'tkazilayotgan yig'inlarda ishtirok etmoqda. Birinchi yig'inni Qarshida boshlagan ushbu jamoaga bosh murabbiy etib Nurali Sultonov tayinlangan bo'lsa, "Mashal" ayollar jamoasida bosh murabbiyi bo'lib ish olib borayotgan SHerzod Andaev yordamchi murabbiy bo'lgan.
Qarshida tashkil etilgan birinchi yig'inda to'qqiz nafar futbolchimiz ishtirok etdi.
Bular: Bekzod Tursunov, Siyavush Yoqubov, SHahboz Botirov, Doniyor Umarov, Muhriddin SHamsiddinov, Zafar Akramov, Doston Haydaraliev, Jahongir Maqsudov, Yodgor Nazarov.
Bu jamoa Qashqadaryo viloyat hokimi kubogi musobaqasida ham ishtirok etdi. Bitta g'alaba ("Binokor" 4:2), ikkita durang ("Olimpiya" 0:0, "Nasaf" 2:2), bitta mag'lubiyat ("SHo'rtan" 0:1) qayd etib "A" guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Yarim finalga esa faqatgina birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari yo'l oldi.
"Umid nihollari-2015" jamoasining navbatdagi yig'ini fevral oyining so'nggida Qarshida tashkil etiladi.

Fikrlar