So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Yosh futbolchilar maydonda yoxud ustoz ruhini shod etib Yangiliklar

Yosh futbolchilar maydonda yoxud ustoz ruhini shod etib

Teglar :  Bolalar futboli
"Xorazm"da xotira turniri.

Xorazm viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi  tasarrufidagi  Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi   tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, sportimiz  fidoyisi va jonkuyari  SHuhrat Vaisovning porloq xotirasiga bag'ishlab 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida futbol bo'yicha viloyat turniri tashkil etildi.  Xotira turnirida 12 ta jamoa  g'oliblik uchun maydonga chiqdi. 

 Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida o'tkazilgan musobaqaning finalida Urganch shahrining “Binokor” va Urganch tumanining “Lochin” jamoalari o'zaro bahs yuritdi. Bu o'yinda tumanning yosh futbolchilari 2:0 hisobida g'alaba qozonib, uchinchi marta o'tkazilayotgan turnir g'olibi bo'ldi. “Binokor”chilar ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. Faxrli uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda viloyat markazining ikki jamoasi “Junior” va “Jayhun” jamoalari ro'para keldi. Bu o'yinda “Junior” jamoasi  2:1 hisobida g'alaba qozondi

 "Mazkur turnirni o'tkazishda nafaqat viloyatimiz, umuman, respublikamiz sportida munosib iz qoldirgan SHuhrat aka Vaisovning farzandlari va yaqinlari bosh-qosh bo'lishdi. Bundan juda xursandmiz, albatta. Zero, tashkil etilayotgan bunday musobaqalar yoshlarimiz qalbida insonlarga nisbatan hurmat va ehtirom hissini uyg'otishda,  milliy qadriyatlarimizni avlodlarga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning barobarida, yosh “charm to'p” o'yini ustalarining mahoratini oshirishga xizmat qiladi", - deydi musobaqa bosh hakami  Anvar Alimov. 

 Binobarin, turnirning yopilish marosimida marhum SHuhrat Vaisovning oila azolari, do'stlari  va shogirdlari jam bo'lishdi. Unda so'zga chiqqan voha sportining faxriysi Durdi Rajapov, sport ustasi Aleksandir Larcev, sport ustaligiga nomzod Vladimir Vorobev va boshqalar SH.Vaisovning hayot davrida bosib o'tgan sermazmun va samarali mehnat yo'li, erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirib, endilikda, bu inson boshlagan xayrli ishlar, ezgu   ananalar shogirdlari tomonidan davom ettirilayotganini faxr bilan qayd etishdi. 

  O'z navbatida  g'olib va sovrindor jamoalar, murabbiylar hamda turnirning eng yaxshi futbolchilari  SHuhrat Vaisovning oila azolari tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar bilan  taqdirlanishdi. 

 


Ikrom Xudoyberganov, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика