Yorqin Nazarov: “Yangi Zelandiyaga qarshi taktika va tarkibda ham o'zgarishlar qilinsa kerak”
08 sen 2014 12:44
Yangiliklar

Yorqin Nazarov: “Yangi Zelandiyaga qarshi taktika va tarkibda ham o'zgarishlar qilinsa kerak”
Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoamiz “Paxtakor” markaziy stadionida Yangi Zelandiya milliy terma jamoasiga qarshi sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi.
Garchi uchrashuv o'rtoqlik maqomini olsa-da, o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Mazkur bahs oldidan odatimizga ko'ra, mutaxassislar fikrlari bilan qiziqdik. Bu borada dastlabki musohabamiz taniqli sobiq futbolchi, Yorqin Nazarov bilan kechdi.
- Yorqin aka, bugun milliy terma jamoamiz Yangi Zelandiyaga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi. O'yindan oldin nima deya olasiz?
- Avvalo mana shu kabi o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etib berishayotgani uchun mutasaddilarga rahmat aytib qolaman. Bunday sinov-nazorat uchrashuvlarini boriga shukur. Negaki, bu muhim narsa. Har tomonlama foydali. To'g'risi, muxlislarni yodidan ham chiqib ketayotgandi. Yaqinda bir yoshi kattaroq muxlis bilan uchrashib, suhbatlashib qoldim. U aytyaptiki, Iordaniyaga qarshi yoshlar o'ynadimi deb. Yo'q, milliy terma jamoa desam, hammasi yoshlarku, tanimayapman ko'pini deydi. Ko'ryapsizmi hozir odamlar MTJni bazida OTJga adashtirib yubormoqda. Mana shu oxirgi ikkita o'yin orqali ajab emas. Muxlislar yana milliy terma jamoani ajrata olgan bo'lsa.
- Iordaniyaga qarshi o'yinni ko'rgan bo'lsangiz kerak?
- Ha, albatta. Uchrashuvni diqqat bilan kuzatib bordim. Yaratgan shukurki, Iordaniyani mag'lub etib, muxlislarga quvonch ulashildi. SHu kuni o'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz, bir qator yoshlar sinovdan o'tkazildi. Hozir milliy terma jamoada avlodlar almashinuvi jarayoni ketmoqda.
- Bugun milliy terma jamoamizdan qanday natija kutmoqdasiz?
- Faqat g'alaba va chiroyli o'yin kutib qolaman. Avstraliya bilan Yangi Zelandiyaning o'yin uslubi bir-biriga o'xshashib ketadi. SHuning uchun ham bu raqib tanlangan bo'lsa kerak deb o'ylayman. CHunki vaqti kelib, bir kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'ynashimiz mumkin. SHunda buning foydasi bo'lishi aniq.
- Nima deb o'ylaysiz, bugun Okeaniya vakiliga qarshi qanday taktika asosida o'ynagan maqul?
- CHetdan turib, gapiirish oson. Biz milliy terma jamoaning ichida nima gapligini bilmaymiz. Qanday taktikada o'ynashni bosh murabbiy Mirjalol Qosimov o'z yordamchilari bilan hal qilgani maqul. Lekin bugun taktika va tarkib borasida o'zarish bo'lsak kerak. CHunki legionerlarning maydonga tushishi kutilmoqda.
- Osiyo o'yinlariga OTJ bilan qaysi hujumchining borish imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Ha, oxirgi paytlarda ushbu mavzu haqiqatdan ham dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Farhod Tojiev bilan Vohid SHodievning o'yini menga juda yoqadi. “Bunyodkor” hujumchi havodagi to'p uchun kurashlarda ko'pincha yutib chiqadi. “Lokomotiv” futbolchisi esa bu kabi xalqaro maydonlarda ko'p bor o'ynagan va unda bu borada tajriba ko'p. Rosti, Tojievga o'xshagan hujumchilar chempionatimizda kam. Lekin SHodiev yuqorida aytib o'tganimdek, “Bunyodkor”da mavsum boshida juda foydali gollarga asssisentlik qildi. Mirjalol aka Qosimov “qaldirg'ochlar”ni boshqargan kezlarida ham Vohid yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Menimcha bosh murabbiyning taktik uslubiga ko'proq SHodiev mos tushsa kerak. Lekin yakuniy xulosani baribir Qosimov chiqaradi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar