So’nggi yangiliklar

19:48Европа клублари "Реал" ҳужумчисига қизиқмоқда  0 19:40Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  18 19:20Қозоғистон ва Озарбайжон аёллар терма жамоалари иштирокидаги ўртоқлик ўйинини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 18:55Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 18:43"Реал" асосий футболчиси "Эл Класико" олдидан жароҳатидан тузалди  3 18:15"Барселона" асосий трансфер мақсадини аниқлаб олди  0 17:43Ўзбекистон Кубоги финали чипталари қачон сотувга чиқади?  6 17:22Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг ҳолати ҳақида гапирди  2 17:04Ҳусниддин Нишонов операция қилинди  0 16:42Тимур Кападзе: "Ҳозир бор эътиборим терма жамоадаги фаолиятимга қаратилган"  9 16:20Тимур Кападзе "Навбаҳор"ни бошқарадими?  15 15:59Тер Штегеннинг хизматлари Премьер-лига клубларига таклиф қилинди  1 15:28Модрич жамоадошлари олдида қўшиқ куйламаслик учун ноодатий ечим топди  4 15:01Жароҳатланган футболчи ҳеч кимга керак эмасми? Машарипов қачон қайтади? Мутахассис Ислом Мусулмонов билан интервью   4 14:30"Бавария" Англия терма жамоаси ҳимоячиси масаласида музокаралар ўтказмоқда  0

Yorqin Nazarov: "Superligada ishlash istagi borligi uchun "Andijon" taklifini qabul qildim" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Superligada ishlash istagi borligi uchun "Andijon" taklifini qabul qildim"

Xabaringiz bor, "Andijon" jamoasining murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassis Yorqin Nazarov qo'shilgandi.

Bunga qadar "Bunyodkor" klubining turli jamoalarida faoliyat olib borgan murabbiy endilikda "Andijon"da Otabek G'ulomxo'jaevga yaqindan ko'maklashadi. Biz bu borada Yorqin Nazarovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Bunyodkor"ni tark etish va "Andijon" murabbiylar shtabiga borib qo'shilish jarayoni qay tariqa yuz berdi?

- "Bunyodkor"da 10 yildan oshiq davomida faoliyat olib bordim. Faoliyatimda yangi sahifa ochishni, jamoamni o'zgartirishni o'ylab yurgan edim. Bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaevning taklifiga ko'ra "Andijon" jamoasiga keldim. CHorlov tushgach ancha vaqt o'yladim va rozilik berdim.

- Otabek G'ulomxo'jaev bilan avval ham "Bunyodkor" akademiyasida birga faoliyat olib borgansiz. O'zaro tushunishda muammo bo'lmasligi aniq. Demak o'zaro hamkorlik endilikda "Andijon"da ham davom etadi...

- To'g'ri takidladingiz. "Bunyodkor" akademiyasida 2000 yilda tug'ilgan futbolchilarga birga ustozlik qilganmiz. Bir qancha xalqaro turnirlarda ishtirok etib g'oliblik shohsupasiga ko'tarilganmiz. Bir-birimizni tushunishimizda muammo bo'lmaydi. "Andijon"dagi hamkorligimiz samarali bo'ladi, deb o'ylayman. 

- "Bunyodkor"da bir mavsum Vadim Abramovning murabbiylar shtabida faoliyat olib bordingiz. O'tgan mavsumda esa "Bunyodkor-2" jamoasida. Balki, Superligada ishlash istagi kuchlilik qilgandir? CHunki, sizda bu borada etarlicha malaka va ko'nikma shakllanib bo'lgan... 

- "Bunyodkor"da bir mavsum Vadim Abramovning shtabidagi faoliyatim foydali bo'ldi, deya olaman. O'sha yili biz sovrindorlar safiga qaytdik, OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Vadim Abramovdan ko'p narsalar o'rgandim. O'rganganlarimni "Bunyodkor-2" jamoasida qo'llashga harakat qildim. Yomon natija qayd etmadik. Superligada ishlash istagi yo'q emasdi. SHuning uchun "Andijon" taklifini qabul qildim.

- Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- Mavsum startiga qadar tayyor bo'lib ulguramiz. Ko'plab yosh futbolchilar qatori legionerlarni ham ko'rikdan o'tkazmoqdamiz. Toshkentdagi yig'inda ishtirok etgan xorijlik futbolchilar jamoamizga mos kelmadi. Hozircha ikki nafar legioner bilan shartnoma tuzdik. Yana bir hujumchi kelish arafasida. Jismoniy holatimiz ham yaxshilanib bormoqda. Bu yil yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz. Lekin, jamoani noldan quryapmiz. O'tgan yilgi tarkibdan 3 nafar futbolchi qolgan. SHu bois biroz qiynaldik. Lekin, hammasi reja asosida ketmoqda. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика