So’nggi yangiliklar

21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2

Yorqin Nazarov: "Qaysidir jamoadan qo'rqsak, Superligada qatnashishning nima keragi bor" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Qaysidir jamoadan qo'rqsak, Superligada qatnashishning nima keragi bor"

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Turon" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Yaypan ahlini va "Turon" muxlislarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Rahbariyatga va futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Mazkur bahs hal qiluvchi maqomda edi. "So'g'diyona"dan uch ochko tortib ololmasak, buyog'iga qiyin bo'lishini shogirdlarimga aytgandim. Baraka topishsin, ular vazifalarni ikki taymda ham 90-95% bajardi. Qiyin o'yin bo'ldi. "So'g'diyona" shakllangan jamoa hisoblanadi. G'alaba intrigani saqlab qolishmizga yordam berdi. Bugun "Qizilqum" va "Olimpik" 2 ochkodan mahrum bo'ldi va bizdan ko'p uzoqlashmadi. Biz esa "Buxoro"ni quvib o'tdik. Superligada qolish umidimiz bor. Oldinda 4 ta o'yin bizni kutib turdi. Ishlashda davrhom etamiz. 

- "So'g'diyona"da ham bir muddat faoliyat olib borgansiz. Ulardagi ko'p futbolchining salohiyatini yaxshi bilasiz. Bugungi g'alabada buning bog'liqligi bormi?

- To'g'ri, ko'pchiligini yaxshi bilaman, lekin "So'g'diyona"da o'yin uslubi o'zgargan. SHunga qaramay, ularga qarshi to'g'ri tarkib tanlay oldik. Qolaversa, munosib taktika qo'lladik. Xatolar bizga qimmat tushardi, biroq yigitlar barcha vazifani to'g'ri bajardi. Jizzaxliklar birinchi davradan so'ng yoshardi. Ularga yaxshi futbolchilar bor. 

- Yo'qotishlar o'rnini qanday to'ldira oldingiz?

- Takidlaganingizdek yo'qotishlarimiz bor. Murtozaev ertadan mashg'ulotlarga kirishadi. Komilov ham tiklanish jarayoni o'tamoqda. Yoshlarda dastlab tajriba kam edi, o'yindan o'yinga ishonchi ortmoqda. Yo'qotishlar o'rnini yoshlar bilan to'ldiryapmiz. Ular bizni uyaltirishmayapti.

- Navbatdagi uchrashuvlar haqida fikringiz...

- Keyingi raqibimiz OKMK hisoblanadi. Ularning OCHLdagi o'yinlarini ko'rdik. Qaysi jamoa bilan o'ynashimizdan qati nazar, faqat yutishimiz kerak. Qaysidir jamoadan qo'rqsak, Superligada qatnashishning nima keragi bor?! Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz. 

- Bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Rahim Davronov deb hisoblaysizmi? Hujumchilar ham raqib himoyachilariga doimiy bosim o'tkazishi taktikaning bir qismi edimi?

- "So'g'diyona" bugun himoyada biror marta oldinga to'pni tepib yubormadi, faqat paslar orqali vaziyatga chiqishga urindi. Biz esa bundan foydalanishga harakat qildik. Foydalandik ham. Ushbu o'yin uslubi ko'rsatmalarga asoslangan edi. Eng yaxshi futbolchiga kelsak, Rahim bunga loyiq. Lekin bugun barcha o'yinchilar yaxshi o'ynadi. Ularga barakalla deb qolaman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика