So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Yorqin Nazarov: "Oxirgi yutqazgan ikki o'yinimizdan kelib chiqib aytganda, birinchi bo'limda qo'ygan tarkibimizda adashmoqdamiz" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Oxirgi yutqazgan ikki o'yinimizdan kelib chiqib aytganda, birinchi bo'limda qo'ygan tarkibimizda adashmoqdamiz"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Turon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Yorqin Nazarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- Avvalambor "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ularning g'alabasi cho'zilib ketgan edi. So'nggi bor may oyida g'alaba qozongandi. Fikrimcha, ikkita bir xil jamoa o'ynagandek bo'ldi. Bizga esa shunchaki omad etishmadi. Birinchi golda ham, ikkinchi golda diqqatni yo'qotdik. Raqibda g'alabaga bo'lgan xohish yuqori bo'ldi. 

- "Turon" futbolchilari ikkinchi davra boshidagi ko'rsatgan o'yinini yo'qotib qo'ygandek. Futbolchilar o'zi bilganicha, nima qilishini bilmasdan, ishtiyoq va xohishdan kelib chiqib o'ynamoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- "Buxoro" bilan ham, "Nasaf" bilan ham shu sxemada o'ynagandik. O'yinimiz o'sha-o'sha. Ayrim futbolchilar vazifasini biz istagandek bajara olmayapti. Yosh futbolchilarning aksariyati Superligada o'ynamagan. Mashg'ulotlardan kelib chiqib maydonga tushiryapmiz. Oxirgi yutqazgan ikki o'yinimizdan kelib chiqib aytganda, birinchi bo'limda qo'ygan tarkibda adashmoqdamiz. Ikkinchi bo'limda tushirgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytiryapti. Vaziyatlar ko'p bo'lyapti. Ishlashda davom etamiz. Yutqazganimiz uchun shunday ko'ringandir. 

- SHohmalik Komilov atrofida o'yin qurilyaptimi yoki uning imkoniyatidan kelib chiqib ko'rsatmalar berilyaptimi? 

- SHohmalik Komilovdan kelib chiqib o'yinni qilsak yaxshi bo'lardi. U "Buxoro", "Nasaf" bilan ko'rsatgan o'yinini ko'rsata olmayapti. O'zi bilan ham har safar o'yindan oldin gaplashaman. Ancha vaqtdan beri o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun formasiga kirib bormoqda. Undan ko'p narsa kutishimiz kerak. Buni o'zi ham sezib turibdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика