So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Yorqin Nazarov ofsayddan urilgan gol haqida: "O'yin tugadi, hisob esa o'zgarmaydi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov ofsayddan urilgan gol haqida: "O'yin tugadi, hisob esa o'zgarmaydi"

Teglar :  Yorqin NazarovTuron
"Turon" jamoasi Superliganing navbatdagi turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi (1:2).

"Bunyodkor" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Umuman olganda qiziqarli o'yin bo'ldi. Oxirgi daqiqagacha kurash kechdi. 90+5 daqiqada darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Omad ko'proq "Bunyodkor"ga kulib boqdi",- deydi Yorqin Nazarov. 

- "Bunyodkor"ning birinchi golida o'yindan tashqari holat bor edi. O'sha vaziyatni takroran ko'rdingizmi?

- Hozir yigitlar ko'rib chiqishdi. Videoda ofsayd bor ekanligi ko'rindi. Nima ham qilamiz, gol bo'ldi. O'yin tugadi, hisob o'zgarmaydi. Uch ochko raqibga o'tib ketdi. Bu borada hech narsa, deya olmayman. Bu bilan bizga hech qanday foydasi yo'q. Navbatdagi o'yinlarga tayyorlanamiz. Oson o'yinlarni o'zi yo'q. Ochko olish oson bo'lmayapti. 

- Ketma-ket 3ta uchrashuvda bir xil tarkibdan foydalangan edingiz. Bugun esa ayrim o'zgarishlarga qo'l urdingiz?

- "Surxon" bilan uchrashuvni tahlil qilib chiqdik. Bir nechta futbolchilarga hordiq berib, boshqa futbolchilardan foydalandik. Kimdir ishonchni oqladi. Ularni ko'rib oldik. SHunga qarab tarkibni tanlaymiz. Ularning ko'pi yosh futbolchilar. Barqarorlik etishmaydi. Bugun qo'ygan tarkibimizdagi yigitlar oxirigacha kurashdi. 

- Humoyun Murtozaevni o'yini o'xshamadi. SHunga qaramay almashtirmadingiz...

- Uni almashtirmoqchi ham bo'ldik. Ikkinchi bo'limda Fayzullo Jumanqo'ziev jarohat oldi. Katta hajmdagi ishni qilmagan bo'lsa ham ko'rdingiz oxirigacha xavfli vaziyatlarda ishtirok etdi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика