So’nggi yangiliklar

22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  4 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  5 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  6 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6

Yorqin Nazarov bilan JCH haqida eksklyuziv Yangiliklar

Yorqin Nazarov bilan JCH haqida eksklyuziv

Nufuzi jihatdan dunyoda birinchi raqamli turnir bo'lgan jahon chempionati o'yinlarining bu safargisi kutilganidan ham qiziqarli o'tmoqda.
Mana xash-pash deguncha mundial bahslari poyoniga etib bormoqda. Mazkur jahon chempionati hammada turli xil fikr mulohazalarni keltirib chiqardi. Boshqacha aytganda har kim o'z munosabati bilan yondoshmoqda.

Taniqli sobiq futbolchi, bugungi kunda "Bunyodkor" akademiyasida bolalar bilan ishlab kelayotgan Yorqin Nazarov bilan suhbatlashib, u kishining JCH-2014 ga oid fikrlarini tingladik.

- Yorqin aka, jahon chempionati bahslarini ko'rayotgan bo'lsangiz kerak deb o'ylaymiz. SHunday bo'lsa aytingchi, bu safargi mundial sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Albatta, futbol musobaqalari orasida nufuzi jihatdan yuqori o'rinda turadigan chempionatni kuzatmay bo'ladimi? Imkon qadar har bir to'qnashuvni kuzitb bordim. Ochig'ini aytganda, bu safargisi har qachongidan ham qiziqarli o'tmoqda. Ko'pchilik uchun unchalik ham ko'zga tashlanmagan terma jamoalar, amalda katta ishlarni bajardi va shu orqali o'zini ko'rsatishga erishdi. Bu esa o'z-o'zidan unga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi. CHempionat oldidan favorit sifatida tilga olingan jamoalar esa guruh bahslaridan so'ng, o'z vataniga qaytib ketdi. Albatta Ispaniya, Italiya, Angliya kabi terma jamoalardan ularning muxlislari ko'p narsa kutgandi. Lekin o'zingiz ham guvohi bo'lganingizdek, futbolda tahminlar hamisha o'zini oqlayvermaydi.

- Sir bo'lmasa, o'zingiz qaysi terma jamoaga muxlislik qilayotgandingiz?
- To'g'risini aytganda, men chiroyli futbolga ishqibozlik qilaman. Birorta terma jamoani alohida ajratib ko'rsatib o'tishni istamayman.

- Yakunlanib borayotgan JCH-2014 ko'proq nimasi bilan etiboringizni tortdi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, sensaciyalar ko'p bo'ldi. Ayniqsa menga Braziliyaning yarim finalda 7:1 hisobida mag'lub bo'lgani alam qildi.

- O'yindan oldin mezbonlarni favorit hisoblaganmidingiz?

- To'g'ri, Germaniya terma jamoasi ham u qadar kuchsiz emas. Lekin pentakampionlarni bu darajada yirik hisobda yutqazishini kutmagandim.

- Nima deb o'ylaysiz, bugun 3-o'rin uchun kurashda kimning imkoniyati yuqori?
- Oldindan bir nima deyish qiyin-u, lekin men bugun Braziliyaga muxlislik qilaman. CHunki mezbonlar 3-o'rinni egallamasa bo'lmaydi.

- Yarim finalda Braziliya terma jamoasini yirik hisobda mag'lub bo'lgani, ularga ruhiy jihatdan salbiy tasir o'tkazmasmikin. Gollandiya esa Argentinaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. SHu tomondan olib qaraydigan bo'lsak, imkoniyatlar qanday?
- Fikringizga qo'shilaman. Ammo bugun nima bo'lsa ham mezbonlar g'alaba qozonishi shart. Axir JCH ham Braziliyada kechmoqda. SHuni unutmaslik kerak. Lekin Lui Van Gal boshchiligidagi Gollandiya ham g'alaba uchun o'ynashi aniq. Asosiysi tomoshabop o'yin bo'lsin.

- Finalda Germaniya  Argentina qarama-qarshligiga guvoh bo'lamiz. Unda sizningcha kim g'olib chiqadi?
- Hozirdan ko'pchilik nemislarning g'alabasiga qattiq ishonmoqda. Deyarli 85 foiz futbol ishqibozi aynan Germaniya terma jamoasi Kubokni qo'lga kiritishini aytmoqda. Lekin men Argentinaga ishqibozlik qilyapman. CHunki uning tarkibida Lionel Messi bor. Bu futbolchi istalgan paytda, o'yinni o'zgartirib yuborishga qodir. Finalda ham Messi raqib himoyachilariga jiddiy tashvish tug'diradi deb o'ylayman. Kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutsin.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика