Yordi Kroyff Messining "Barsa"dan ketishi haqida: "Bunday bo'lmasligi uchun duo qilaman. Umid qilamanki, u o'ylab ko'radi"
21 avg 2020 10:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587947_original.jpg)
![](/upload/storage/587947_220.jpg)
Yordi Kroyff Messining "Barsa"dan ketishi haqida: "Bunday bo'lmasligi uchun duo qilaman. Umid qilamanki, u o'ylab ko'radi"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "SHenchjen"ni boshqarayotgan Yordi Kroyff forvard Lionel Messining Kataloniyadan ketishi mumkinligi borasida gaplarga munosabat bildirdi.
- Messining yozda ketishidan qo'rqmaysizmi?
- Bu narsa ro'y bermasligi uchun duo qilaman. Umid qilamanki, uni klubdagi muvaffaqiyati uchun 3 yil vaqt kerak emasligini aytib ko'ndirishadi va u o'ylab ko'radi, - deydi Kroyff.
Eslatib o'tamiz, kecha Lionel Messi Kuman bilan uchrashgani va "Barsa"dan ketishga qaror qilgani haqida xabarlar yangragandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar