So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

"Yo'qol, Evra". Muxlislar "Marsel" himoyachisiga o'z munosabatlarini bildirishdi + FOTO Yangiliklar

"Yo'qol, Evra". Muxlislar "Marsel" himoyachisiga o'z munosabatlarini bildirishdi + FOTO

Teglar :  MarselPatris Evra
Haftaning eng katta janjali Marselda sodir bo'ldi.

Evropa ligasi doirasida "Gimaraesh"ga qarshi o'yin oldidan francuzlar himoyachisi Patris Evra unga etiroz bildirib baqirgan muxlisni tepadi. SHundan so'ng, UEFA darhol intizomiy ish ochadi, "Marsel" esa ana shu surishtiruvlar vaqtida o'yinchini klubdan chetlashtirdi. Hozircha u jamoa bilan mashg'ulot ham o'tkaza olmaydi, o'yinga ham tusha olmaydi.


"Marsel" - "Kan" (5:0) uchrashuvi oldidan Evraning kiyinish xonasidagi joyi mana shunday ko'rinish oldi.


O'z navbatida, Evra bilan bog'liq o'ziga hos tarix tribunalarda asosiy mavzu bo'ldi.


Asosiy banner: "Sen klubdan ham muhimroqman deb o'ylading. Seni bizning ranglarda ko'rishni xohlamaymiz. Yo'qol, Evra".



Boshqa bir bannerda shunday yozildi: "O'z futbolkangga muhabbat. Muxlislarga xurmat. Professionalizm. Nima, biz juda ko'p narsa so'radikmi?"



Yana bir bannerga esa ingliz tilida yozishdi: "This Game Is Over" (Bu o'yin tugali).

Bu erda "Marsel" muxlislari engil so'z o'yini qilishgan. Boisi, Evra ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi uslubda tez-tez futbolni sevishini yozadi (I love this game).


Evra bunday holatda qachondir "Marsel"ga qaytishini tasavvur qilish qiyin.



Bu hozircha Evraning "Marsel" ekipirovkasidagi oxirgi surati. Muxlis tepilganidan sal o'tib olingan surat.

Patris Evraning o'zi esa vaziyatga optimistlarcha yondashmoqda. Bu narsa uning instagramdagi postida ko'zga tashlanadi: "Yaxshi natija va ajoyib ish, yigitlar. Siz bilan faxrlanaman. "Marsel"ning barcha haqiqiy muxlislariga rahmat. Men ulardan ajoyib qo'llab-quvvatlashni olaman".

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика