So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

"Yonayotgan" Pro-liga. "Andijon taym" va o'sha Xayrulla Hamidov (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Yonayotgan" Pro-liga. "Andijon taym" va o'sha Xayrulla Hamidov (Bekzod Tolibov blogi)

Pro-liganing darajasini unchalik ham yuqori deb hisoblamaydiganlar adashadi.

Hozirdanoq bu ligada Superliga yo'llanmasi uchun intriga o'zining har doimgidan ham eng yuqori cho'qqisiga chiqib ulgurgan. Xullas, qisqacha aytganda bu liga "yonayapti", har bir o'yinda favorit kim, autsayder qaysi jamoa, ayta olmaysiz.

Pro-liganing 8-turida "Buxoro" o'z maydonida viloyatdoshi hisoblangan "G'ijduvon"ni qabul qildi. Kimlardir bu o'yinda nazariy jihatdan maydon egalarining osonlik bilan qo'lga kiritiladigan g'alabasini taxmin qilayotgandi, lekin amaldachi? Bellashuvning 87-daqiqasigacha "G'ijduvon" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgani haqida xabaringiz bor edimi? Aynan shu daqiqada siz bilgan va siz tanigan o'sha tajribali to'purar Ro'zimboy Ahmedov hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'yin shu natija bilan yakuniga etdi.

Peshqadamlar safida nomi qayd etilayotgan "Xorazm" ushbu turda yaqindagina yangi bosh murabbiy Diyor Mirzaboev boshqaruviga o'tgan "Yangier" mehmoni bo'ldi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Xo'sh, bunday natijani kutganmidingiz? Nazarimda yo'q, kutmagan edingiz, lekin o'yin ayni shu natija bilan yakuniga etdi.

8-turda "Aral Samali" safarda "Zomin" bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Turning markaziy uchrashuvi deya etirof etilayotgan "Turon" - "Mashal" to'qnashuvida yaypanliklar 2:1 hisobida g'alaba erishdi. Mavsumning eng shiddatli va hissiyotlarga boy o'tgan o'yinida Mikola Agapov va Azam Alievlarning shedevr gollarini ko'rmagan o'zbek futboli muxlislari qolmadi shekilli, yoki bormi?

"Andijon taym". Bu iborani endilikda O'zbekistonning metr sharhlovchisi Xayrulla Xamidov nomi bilan bog'layversak hech kim qarshi bo'lmasa kerak. Xabaringiz bordir, so'ngi 3 ta turda "Andijon" o'yinning eng so'ngi daqiqalarida gol urib g'alabaga erishmoqda, o'sha 3 ta bahsni ham aynan Xayrulla Xamidov sharhlab borganiga, "Andijon taym"ga muxlislarni uchrashuvning eng so'ngi soniyalariga qadar ishontira olganiga nima deysiz? 8-turda G'uzorning "SHo'rtan" klubi mehmoni bo'lgan andijonliklar hakam o'yin yakunlangani haqida hushtakni chalish uchun chog'langan vaqtda gol urib g'alabaga erishdilar. Ajoyib, to'g'rimi? Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi, ayniqsa ketma-ket 3 ta o'yinda. Ha, endilikda "Andijon taym" iborasi va Xayrulla Xamidov nomi ijtimoiy tarmoqlarda o'zaro uyg'un xolda ishlatilishiga shubha yo'q.

Quyida intriga hozirdanoq "yonayotgan" Pro-liganing 8-turidan so'ng musobaqa jadvali etiboringizga havola etilmoqda.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика