Yomon xabar. Paulo Dibala koronavirusga chalindi
22 mar 2020 00:03
Yangiliklar


Yomon xabar. Paulo Dibala koronavirusga chalindi
Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Paulo Dibala koronavirus bilan kasallanganini malum qildi.
"SHuni malum qilmoqchimanki, Oriana (futbolchining qiz o'rtog'i) bilan koronavirus uchun test topshirgandik, natijalar ijobiy chiqdi.
SHukrki, biz o'zimizni yaxshi his qilyapmiz", – deb yozdi Dibala o'zining instagramdagi sahifasida.
Malumot uchun, Dibala "keksa sinora"ning infekciyaga chalingan 3-futbolchiga aylandi. Bunga qadar Blez Matyuidi va Daniele Ruganilar virusdan zararlangandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Venesuelaning "El Nacional" nashri Pauloda koronavirus aniqlangani haqida yozgan, biroq, futbolchining o'zi bu malumotni rad qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar