So’nggi yangiliklar

10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  1 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  1 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  1 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучлик амбицияга эга клуб сафида тўп суриш мен учун шараф”  3 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  6 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  25 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  5 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0

Yomon tush Yangiliklar

Yomon tush

Futbolga mukkasidan ketgan bir tanishim ko'rgan tushini gapirib berdi.

- Aka, juda bir g'alati tush ko'ribman, - deydi yotsa ham, tursa ham faqat futbolni o'ylaydigan tanishim. - OFK jahon chempionati saralash o'yinlarini markazlashgan tartibda o'tkazishga qaror qilganidan beri kun-u tun shuni o'ylayman. Xayolim shu kunlarda faqat Saudiya Arabistonida bo'lib qoldi, chunki bizning qolgan o'yinlar shu davlatda o'tadi-da. 

- Futbol haqida nimani o'ylasang, shu narsa tushinga ham kirib chiqar ekan. Terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga boribdi, ikkita o'yinni yutibdi. Hamma juda xursand ekan. Lekin Saudiya bilan o'yindan oldin OFK futbolchilarimizga koronavirusga test topshirasizlar debdi. Eng yomoni mana shu payt bo'libdi: Eldor SHomurodov, Jaloliddin Masharipov va yana ikki-uch asosiy futbolchimizda test javobi musbat chiqibdi. 

- Men esa hayron emishman, axir avvalgi ikkita o'yinda bu futbolchilar tuppa-tuzuk o'ynab berdi-ku, testi ham joyida edi. Nimaga endi hal qiluvchi uchrashuv oldidan "kasal" bo'lib qolishdi? Endi buyog'iga nima bo'ladi, Saudiya bilan qanday o'ynaymiz, shuni o'ylab turgan emishman. 

- O'yin qanaqa tugadi bilmayman, keyin uyg'onib ketdim. Xayriyat-e, tush ekan. SHartta qo'l-yuzimni yuvib nonushta ham qilmay ishga ketdim. Endi kechroq uyga vaqtli borib O'zbekiston - Gana o'yinini ko'rmoqchiman. Aka, bu oddiy tush-ku, to'g'rimi? Axir test javoblari birdaniga o'z-o'zidan yomon bo'lib chiqishi mumkinmas-ku. SHaxsan men Saudiyaga borgandan keyin bizga nisbatan "o'yin" qilishlariga ishonmayman. 

P.S. O'z navbatida men unga bu faqat tush ekani, OFK adolatli tashkilot hamda kimdir nimanidir o'ylab topishiga aslo yo'l qo'yib bermasligini uqtirdim. Tanishimning elkasidan tog' ag'darilgandek bo'ldim, engil tin oldi va ishqilib keyingi bosqchiga chiqaylik-da deb qo'ydi. 

X.Xoliqov. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика