So’nggi yangiliklar

12:17Абдуқодир Ҳусанов "Галатасарой" билан ўйин учун неча баҳо олди?  0 11:54Росеньор Коул Палмер ҳақида гапирди  0 11:28"Манчестер Юнайтед" иқтидорли хавбекка кўз тикди  1 10:56Умарали Раҳмоналиев: "Сабаҳ"да бошқа жамоаларнинг қандай ўйнаётганига эътибор беришмайди"  0 10:35Интервью. Мурод Бобожонов: “Ўзбек футболчилари учун Ироқда эшиклар очилди"  1 10:15Манба: Ўзбекистон Суперкубогига "Бобур Арена" мезбонлик қилади  3 09:55Хайрулла Каримов: "Суперлигани уйда бошлаш бироз енгиллик бериши мумкин"  2 09:35Арбелоа: "Натижа учун жавобгарликни ўз зиммамга оламан"  18 09:16"Арсенал" Чемпионлар лигасида тарихий рекорд ўрнатди  3 08:55Моуринью Трубиннинг голи ҳақида: "Ғалаба учун хавфли қарор қабул қилдик"  9 08:40"Хоразм" спорт дирекори Хурсандбек Маткаримов: "1-2 турларда барча рақибларнинг даражаси бир хил бўлади"  1 08:15Ислом Исмоилов: "Зич тақвим бизга баҳона бўлолмайди. "Нефтчи" ўз мақсадидан чекинмайди"  11 07:53Умар Эшмуродов: "Бу йилги мавсум ҳам қизиқарли ўтишини кутмоқдаман"  0 03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  30 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  28

Yo'g'e? Gvardiola transfer oynasida deyarli 1 milliard evro sarfladi Yangiliklar

Yo'g'e? Gvardiola transfer oynasida deyarli 1 milliard evro sarfladi

Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola o'zining murabbiy faoliyati davomida jami 998,4 million evro ishlatgani haqida "Marca" nashri xabar bermoqda.


Gvardiola qo'l urgan eng qimmat transfer esa "Inter"dan sotib olingan Zlatan Ibragimovich bo'ladi. O'shanda "Barselona" shveciyalik hujumchi uchun 69,5 million evro sarf etgandi. Yakunda esa ushbu transfer jamoaga naf keltirmagan va Zlatan tushunmovchiliklar tufayli "Barselona"ni tark etgandi.
Yaqindagina "Manchester Siti" xarid qilgan himoyachi Mendining transfer narxi esa 57 million evroni tashkil qiladi. Bu transfer Mendi jahon futboli tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylantirdi. Gvardiola xarid qilgan qimmat transferlar ro'yxatida esa ikkinchi o'rinda bormoqda.
Gvardiolaning eng qimmat transferlari ro'yxatidagi uchinchi o'rin ham himoyachiga tegishli.
O'tgan yili "Siti" sotib olgan Djon Stounz 55,6 evro evaziga kelgandi.
Qizig'i, ushbu transfer ham jamoa uchun muvaffaqiyatli bo'lmadi.

Xosep Gvardiola transfer oynasida "Barselona"da 341,5 million evro, "Bavariya"da 203,9 million evro hamda "Manchester Siti"da hozirgacha 453 million evro ishlatdi.

SHuni takidlab o'tish lozimki, Gvardiola "Bavariya" tarixida transferlarga eng ko'p mablag' sarflagan murabbiy hisoblanadi. Uning aksariyat transferlari esa myunxenliklar uchun kutilgan natijani bermadi.

"Manchester Siti"da ham bir qator "qovun" transferlar amalga oshirishga ulgurdi ispaniyalik mutaxassis.
Ko'ramiz, bu yili uning bu galgi transferlari qanchalik naf keltirarkin?

Gvardiola 10 yil bo'lmagan murabbiylik faoliyatida sarflagan pullarga oddiyroq jamoani sotib olib, uni bemalol top darajadaga chiqarish ham mumkin ekan.

Yoki yangi klub tuzib, uni quyi ligadan hozirga qadar premer ligaga olib chiqib, bemalol top jamoaga aylantirsa bo'larkan.

Gvardiola qop-qop pullarga muhtoj murabbiymi?

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика