So’nggi yangiliklar

23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  0 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  7 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  7 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  88 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0 20:11Суперлига. Зерикарли ўтган ОКМК - "Қизилқум" ўйинида голлар урилмади  23 19:50Санчо фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 19:21Саудия Арабистони клуби Мбаппе учун "космик" сумма тўлашга тайёр  8 18:40Доннарумма ПСЖнинг УEФА Суперкубоги учун қайдномасидан тушиб қолди  3 17:38"Қўқон-1912" 8 йиллик танаффусдан сўнг Ғузорда ғалаба қозона оладими?  0

Yodingizda bo'lsa 9 kundan keyin MTJ o'ynaydi Yangiliklar

Yodingizda bo'lsa 9 kundan keyin MTJ o'ynaydi

Yaqin yillar ichida bunday bo'lganini eslay olmasak kerak. Yana 9 kundan keyin MTJ Osiyo chempionati saralash bahsida maydonga chiqadi. Raqib Vetnam.
Aslida shu kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'ynashimiz kerak edi. Avjiga chiqqanimizda Urugvay emas JCH-2014ga tayyorgarlik hisobidan Braziliyami, Ispaniyami... Ha, agar biz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritganimizda o'rtoqlik uchrashuvlarining "doda"sini ko'rardik. Lekin biz na Braziliya, na Urugvayga qarshi emas, eplab yutishimiz qiyin bo'lib qolgan Vetnam terma jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bunga ko'nikmagan OAV va muxlis o'yin yaqinlashayotganini bilayotgani ham yo'q. Kamida bu o'yinlar safarda bo'ladi. MTJ 10 noyabr kuni yig'iladi. 12-kuni esa Toshkent - Seul - Xanoy reysi orqali Vetnamga uchib ketadi. Saytda "Adminlar MTJning ro'yxati qachon chiqadi?", - degan savol berilmagani ham bizni hayratga solayotgani yo'q. SHaxsan o'zimizga MTJning qaerda mashg'ulot o'tkazishi ham qiziq emasdek. Umuman olganda, juda ko'pchilik uchun MTJ eskirgan mavzudek. Mashg'luotlarga borib yana qizitib yuboray deyman-u, borganingdan keyin kayfiyat tushib ketadi.

Endi nima qilish kerak? Bizni faqatgina jahon chempionati qutqara olar edi. Aslida bu chempionatga chiqishga biz "majbur" edik. Bugungi holatdagi tarkib yana necha yillar o'tib yig'iladi, hech kim aniq bir javobni bera olmaydi. Yoshlarimiz deysizmi, boya o'ylab qarasam, olimpiada saralashida ishtirok etishi lozim bo'lgan avlodimizda bor yo'g'i 4-5 nafar futbolchi bugun o'z jamoalarining asosiy tarkiblarida to'p tepyaptilar. Bular, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, Igor Sergeev va Bobur Yo'ldoshev. Onda-sonda bazi futbolchilarimizni asosiy tarkibda ko'rib qolamiz. 10 yillik mehnat mahsuli bo'lgan 17 yoshli o'smirlarimiz esa oliy liga va yoshlar ligasining mukammal tizimga ega emasligi uchun 1994 yilda tug'ilgan bolalar kabi yo'qolib ketadilar. Ko'z o'ngimizda so'nayotgan yulduzchalar, ko'z o'ngimizda sinayotgan MTJ...

Endi O'zbekistonda futbolni nima qutqarib qola oladi? 2014 yildan o'tib olishimiz kerak. Og'ir yil bo'ladi. Hamma JCH bilan ovora bo'ladi. Biz esa doimgidek oqlarni ko'klarga qarshi o'ynatamiz. Agar Osiyo Kubogiga chiqa olmasak, unda batamom "o'lamiz". Ishonavering, 2016 yilgacha etib olishimiz qiyin bo'ladi. SHuning uchun tuzukroq o'yin strategiyasini tuzib chiqqan holda futboldan sovub borayotgan muxlis uchun Vetnam va Gonkongda chiroyliroq o'yin ko'rsatilishi kerak. 2014 yil oliy ligaga sal jilov bersak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Jonga tegib ketdi "uchga uch o'yinlar" (jamoa faqat o'z maydonida g'alaba qozonadi. Safarda esa o'sha jamoaga yutqazib beradi), totalizator bilan oshno tutinayotganlar ham etarlicha. Keyingi yil "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Neftchi" va "Olmaliq" kabi jamoalar chempionatni qizitib berishlari mumkin. Yaqin yillar ichida bir xil kuchga ega jamoalar oliy ligada o'ynamaganlar. Yuqoridagi 6ta jamoadan keyingi yil katta masuliyat talab qilinadi. Bir turk ishqibozi aytgan edi: "Bizda futbol orqaga ketgan bir paytda, chempionatda o'z o'rniga ega 6 jamoa rahbarlari yaxtada dengizga chiqadilar. Ular mamlakat futboli va ichki chempionatni rivojlantirish uchun hakamlarga pora bermaslik hamda medallar uchun kurashmaydigan jamoalardan ochkolarni sotib olmaslik haqida kelishib olgandilar. Bu tez orada o'z mevasini bera boshladi. Favoritlar ham mag'lubiyatga uchradilar, yakunda kuchli raqobatga ega bo'ldik. MTJ 2002 yilgi jahon chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. "Galatasaroy" Evropada o'z o'rniga ega bo'ldi".
Agar bizda ham klub rahbarlari kelishib ochiq futbol o'ynaydigan bo'lsa, MTJga ham qarab qolmaymiz. Hech bo'lmasa oliy ligamiz bor-ku deya haqiqiy futboldan lazzat olamiz. Ammo buni istaganlar bor, istamaganlar bor....

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика