Yoaxim Lyov Sanening yakuniy tarkibga kiritilmagani sababini aytib o'tdi
04 iyu 2018 20:02
Yangiliklar


Yoaxim Lyov Sanening yakuniy tarkibga kiritilmagani sababini aytib o'tdi
Ko'pchilik uchun kutilmaganda "Manchester Siti" azosi Leroy Sane 23talik ro'yxatga kiritilmadi. Bosh murabbiy bunga quyidagicha izoh bildirdi:
"So'zsiz, Leroyda ulkan iqtidor bor. U hali terma jamoada bo'ladi. SHuning uchun biz sentyabrdan etiboran u bilan ko'proq ishlashimiz kerak. U hamon jamoaning o'yiniga to'liq kirishib ketmagan. Va bu narsa qandaydir darajada muhim rol o'ynaydi", - dedi Lyov.
SHuningdek, mutaxassis Sanening o'rniga tarkibda olib qolingan Yulian Brandt haqida ham gapirib o'tdi:
"Ular har ikkisi (Sane va Brandt) yuqori darajadagi o'yinchilar, har ikkisi driblingda kuchli. Yulian Brandt Konfederaciyalar kubogida o'ynagan. O'shanda u yaxshi o'yinlarni o'tkazgan. Bundan tashqari, Yulian mashg'ulotlarda o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar