Yoaxim Lyov o'z kelajagi haqida fikr bildirdi
30 may 2021 00:17
Yangiliklar
Yoaxim Lyov o'z kelajagi haqida fikr bildirdi
Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yoaxim Lyov murabbiylik faoliyatida "pauza" qilishni rejalashtirganini aytdi.
"Men yozda qaysidir jamoani boshqarmayman. Bu bo'yicha hech kim bilan bog'lanmadim va o'z poziciyamni o'zgartirmayman", – dedi 61 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Lyov Evro-2020'dan so'ng Germaniya terma jamoasini tark etishga qaror qildi. U 2006 yildan beri "Bundestim" ustozi sanaladi.
Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bo'ladi. U bilan allaqachon 2024 yilgacha shartnoma imzolangan.
Fikrlar