So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  57 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Yoaxim Lyov: "Bu to'qnashuv g'olibi chempionlikka asosiy davogarga aylanadi" Yangiliklar

Yoaxim Lyov: "Bu to'qnashuv g'olibi chempionlikka asosiy davogarga aylanadi"

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Italiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- Italiyaning ko'plab o'yinlarini tomosha qildik, chuqur o'rgandik. Italiya nafaqat himoyada, balki hujumda ham kuchli jamoa. Ular oldingi chiziqda bir qator qiziqarli variantlarni qo'llashadi. Lekin ularning eng kuchli tarafi - himoya. Italiya raqibni o'z jarima maydonchasi oldida zararsizlantirishda ancha usta. Biz ham ularning bu o'yinlariga qarab, raqibning himoyadagi o'yinlarini tahlil qilib, shunga yarasha taraddud ko'rdik.

Italiya bilan bo'ladigan bahsda yuzaga keladigan har bir vaziyatdan unumli foydalanmoq lozim. CHunki "Skuadra Adzurra"ga qarshi o'yinda senda boshqa imkoniyat tug'ilmasligi mumkin.

Bu to'qnashuv g'olibi chempionlik uchun asosiy davogarga aylanadi. Yarim finalga yo'l oladigan har bir jamoa chempion haqida o'ylay boshlaydi va maqsadni yuqori qo'yadi.

Germaniya chempion bo'lishi uchun etarli imkoniyatlarga ega, futbolchilarimizning salohiyati ham bunga etadi. Ammo hali yo'l uzoq. Italiyadan o'tgan taqdirimizda ham qolgan yo'l oson kechmasligi aniq. CHunki bu to'qnashuv g'olibi yarim finalda mezbonlar bilan uchrashishi mumkin. Germaniya va Italiya uchrashuvi g'olibini chempionlikka asosiy favorit, deya hisoblayotganlarning fikriga qo'shilaman.

Biz o'z kuchimizga ishonamiz. Sababi, o'zimizning sifatli, kuchli taraflarimizni yaxshi bilamiz. Lekin raqib kimligini ham unutmaslik lozim. De Rossi haqida eshitdim. Menimcha, De Rossi bizga qarshi o'yinda ishtirok etolmasa kerak. Ammo Italiyada bu kabi muammolarni yopish uchun doimo variantlar bo'lgan va chiqadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика