So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  23 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  10 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  1 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Yoaxim Lyov: "Bu safar Germaniyani faqat chempionlik qoniqtiradi" Yangiliklar

Yoaxim Lyov: "Bu safar Germaniyani faqat chempionlik qoniqtiradi"

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evropa chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Albatta bizga Jahon chempionatini yutishda juda katta yordam bergan tajribali futbolchilarimiz kloze, Lam, Mertesakerlarning yo'qligi bilinadi. Ularning katta tajribali jamoaga qo'l kelardi. Germaniya terma jamoasida avlodlar almashuvi yuz bermoqda. Hozirgi tarkibimizdagi Noyer, Myuller, Xummels, Boateng, SHvaynshtayger kabi futbolchilarning gardanida katta masuliyat turibdi. Bu futbolchilarimiz ham katta tajriba to'plashgan va ayni paytda jamoani o'z ortilaridan ergashtira olishga qurbilari etadi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatdan so'ng yangi missiya sari odimlash biroz qiyin bo'ladi. Bizda etarlicha muammolar, kamchiliklar bo'ldi. Agarda oltin medallarni ko'zlaydigan bo'lsak, unda albatta o'z o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Bizda doimo har xil variantlar, A va B rejalari bo'ladi. Ushbu mavsumda Mario Gomez o'zining sport formasini tiklab oldi va jarohatlar girdobidan chiqib ketdi. Jamoamiz istalgan paytda har xil uslubdagi taktika asosida o'ynashi mumkin. Nominal hujumchi bilan ham o'ynash imkoniyatiga egamiz. SHuningdek, bizdagi Myuller, SHyurrle, Gyotce kabi futbolchilar har xil poziciya va rolda o'ynashlari mumkin. Ular asosan vinger sifatida harakatlanib, kerak paytda markaziy hujumchi joyida paydo bo'lishadi. u esa raqiblarga qo'shimcha muammo tug'diradi. Umuman olganda biz aynan qaysi variant qo'llashimizni hozir aytmoqchi emasman. 2008 yilgi chempionatda finalga qadar borgandik. Keyingi Evroda esa yarim finalda to'xtatilgandik. Bu safar bizni faqat chempionlik qoniqtiradi. Germaniya turnir favoriti? Ha, qo'shilaman. Faqat favoritlar ichida bitta Germaniya emas, boshqalar ham bor. Muammo shunda. Masalan chempionat mezboni Franciya safida Pol pogba darajasidagi futbolchilarning borligi ko'p narsani anglatishi mumkin. Ispaniya esa doimgidek eng yaxshi jamoalar qatorida. Italiya doimo xavfli raqib. Angliya oxirgi yillarga nisbatan ancha kuchli ko'rinmoqda. Ularda o'sish yaqqol sezilmoqda. SHuningdek, Belgiya terma jamoasi haqida unutmaslik lozim. Ko'rib turganimizdek, g'oliblikka davogarlar ko'p. SHu bois, bu kabi musobaqalarda favorit degan nom hech narsani anglatmaydi. Evropa chempionati paytida muhimi o'z o'yinimizni topib olish va jarohatlar girdobidan qochish kerak. Har bir tur va o'yin bu sinov bo'ladi. Bu esa yaxshi taraflama xizmat qiladi deb o'ylayman. Evropa chempionati startini intizorlik bilan kutmoqdamiz", - deydi Yoaxim Lyov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика