Yilning "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" - Zayniddin Tojiev
26 dek 2020 16:24
Yangiliklar


Yilning "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" - Zayniddin Tojiev
Toshkentdagi "Zarafshon" tantanalar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.
O'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi ajoyib hujumchisi Zayniddin Tojiev "Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi" deb topildi. Unga sovrinni Alisher Xodjaev topshirdi. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz Zayniddin Tojiev hozirda "Odil Junior" futbol akademiyasida faoliyat olib bormoqda. Uning qo'l ostida jamoa U-12 va U-13 Toshkent shahar chempionligini hamda Toshkent terma jamoasi bilan O'zbekiston kubogi va O'FA Super Kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar