Yilning "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" - Zayniddin Tojiev

Aslanov Jasurbek
26 dek 2020, 16:24
Toshkentdagi "Zarafshon" tantanalar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

2020 yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Berdiev "eng yaxshi murabbiy", Masharipov "eng yaxshi futbolchi"


O'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi ajoyib hujumchisi Zayniddin Tojiev "Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi" deb topildi. Unga sovrinni Alisher Xodjaev topshirdi. Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz Zayniddin Tojiev hozirda "Odil Junior" futbol akademiyasida faoliyat olib bormoqda. Uning qo'l ostida jamoa U-12 va U-13 Toshkent shahar chempionligini hamda Toshkent terma jamoasi bilan O'zbekiston kubogi va O'FA Super Kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia