So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  6 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

“YILNING ENG FAOL SPORT JURNALISTI” respublika ijodiy tanloviga marhamat! Yangiliklar

“YILNING ENG FAOL SPORT JURNALISTI” respublika ijodiy tanloviga marhamat!

Teglar :  Eng faol jurnalist
Yilning eng faol sport jurnalisti tanlovi o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalari, xalqaro arenalarda O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarayotgan vatandoshlarimiz va ularning ustozlari, sport o'quv muassasalari va inshootlari faoliyatini yoritishda faollik ko'rsatayotgan ijodkorlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi!

Tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi “Ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 484-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.

Tanlovga ommaviy axborot vositalarida 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyunga qadar elon qilingan ijodiy asarlar qabul qilinadi.
1, 2, 3-o'rinni egallagan g'olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o'rin sohibiga eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida.

2-o'rin sohibiga eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida.

3-o'rin sohibiga eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida.

SHuningdek, “Ommaviy sport targ'iboti bo'yicha alohida faollik ko'rsatgani uchun” uchta rag'batlantiruvchi mukofot tasis etilgan. Hamkorlarimiz – O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 11 yuniga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Abdulla Qodiri ko'chasi, 2-uy, 12-qavat. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Murojaat uchun telefon: (0371) 2346256
Elektron pochta: info@minsport.uz

Tanlov g'olib va sovrindorlari 2018 yil 27 iyun kuni O'zbekiston Matbuot va  ommaviy axborot xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida uyushtiriladigan katta bayram tadbirida taqdirlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика