So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  6 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  7 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Yil boshidan beri Saudiya Arabistoni futbolida ro'y bergan etiborga molik voqealar Yangiliklar

Yil boshidan beri Saudiya Arabistoni futbolida ro'y bergan etiborga molik voqealar

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raunddagi raqiblarimiz malum bo'ldi.

SHunday qilib O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapurga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni. Guruhda birinchi o'rinni egallash uchun aynan shu jamoa bilan kurash olib boramiz. 

Ikkinchi o'rinni olib ham guruhdan chiqish mumkin, faqat buning uchun ko'rsatkichlar ancha yaxshi bo'lishi kerak. Guruhda birinchi o'rinni egallash to'g'ridan-to'g'ri saralashning uchinchi raundiga yo'l ochadi. 

Saudiya Arabistoniga qarshi shu paytgacha 10 marta o'ynaganmiz. Bu jamoa haqida ko'p malumotga egamiz. Guruhdagi eng asosiy raqib yil boshidan beri qanday kunlarni boshdan kechirdi? Quyida shu haqda to'xtalamiz. 

1 yanvar, 2019. Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi oldidan Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bu o'yin 0:0 hisobida yakun topdi. 

8 yanvar, 2019. Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogidagi ishtirokini yirik g'alaba bilan boshladi. Saudiya Arabistoni - KXDR 4:0. SHu kuni Hattan Sultan Babhir, Muhammad Al Fatil, Salim Al Dovsari va Fahad Al Muvallad tomonidan kiritilgan gollar yirik g'alabani taqdim etdi. 

12 yanvar, 2019. Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi 2-turida Livan bilan to'qnash keldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollar: Fahad Al Muvallad bilan Hussayn Al Mogahvi. 

17 yanvar, 2019. Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi 3-turida Qatarga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Saudiyaliklar ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqishdi. 

21 yanvar, 2019. Osiyo Kubogi nimchorak final Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ravshan Ermatov boshqargan bahsda saudiyaliklar 0:1 hisobida engilib, shu tariqa musobaqani tark etishdi. 

22 yanvar, 2019. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci Osiyo Kubogidagi qoniqarsiz natija sabab istefoga chiqarildi. 

21 mart, 2019. Saudiya Arabistoni o'rtoqlik uchrashuvida BAA terma jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. 

25 mart, 2019. Saudiya Arabistoni terma jamoasi Ekvatorial Gvineya bilan o'rtoqlik bahsida 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Har ikkala o'yinda jamoani mahalliy murabbiy Yusef Anbar boshqardi. 

25 martdan beri Saudiya Arabistoni terma jamoasi boshqa yig'ilgani yo'q. Jamoaga yangi bosh murabbiy ham tayinlanmagan. Katta ehtimol bilan navbatdagi murabbiy yana xorijlik bo'ladi. Hozircha jamoani Yusef Anbar boshqarib turibdi. 

29 may kuni terma jamoaga oid yana bir yangilik ro'y berdi. "Al Ittihod" hujumchisi Fahad Al Muvallad doping sabab bir yilga futboldan chetlatildi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика