Yens Lemann koronavirusga chalingani haqida gapirib berdi
28 apr 2020 12:20
Yangiliklar


Yens Lemann koronavirusga chalingani haqida gapirib berdi
"Arsenal" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Yens Lemann koronavirusga chalingani haqida aytdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi. "Men mart oyining o'rtalarida kasallandim. Menda bir yarim kun davomida yo'tal va baland bo'lmagan isitma kuzatildi. Ikki haftalik karantindan so'ng men butkul sog'aydim", - deydi Lemann.
Darvozabon ikki marta JCH sovrindori bo'lgan, shuningdek Germaniya va Angliya chempionatlarini ham yutgan. U Bundesliga davom ettirilishidan so'ng, stadionning 20%iga muxlislarni qo'yishni taklif qildi.
Eslatib o'tamiz, Germaniyada 158,758 nafar inson koronavirusga chalingan va ulardan 6,126 nafari vafot etgan.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar