Lemann “Arsenal” murabbiylar shtabiga kirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2017
“Arsenal” jamoaning sobiq posboni Yens Lemann bilan muzokara olib bormoqda.

47 yoshli germaniyalik mutaxassis Arsen Venger  murabbiylik shtabidan o'rin olishi mumkin. Uning funkciyasi faqat darvozabonlar bilan ishlashdan iborat bo'lmaydi.

Agar Lemann jamoada faoliyatini boshlasa, ayni paytda “Arsenal”da darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan Jerri Peyton ham klubda qoladi.

Lemann “Arsenal” tarkibida (2003-2008, 2011) yillarda uchta sovrin yutgan – Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times