Yaya Ture Kot-d’Ivuar terma jamoasidan ketdi
20 sen 2016 20:46
Yangiliklar
Yaya Ture Kot-d’Ivuar terma jamoasidan ketdi
Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture Kot-d’Ivuar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
33 yoshli afrikalik terma jamoada 100ta o'yin o'tkazgan va 19ta gol urgan. Ture terma jamoa bilan uch marta Afrika kubogi finaliga etib borgan: bitta g'alaba va ikki mag'lubiyat.
Ture uch marta Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Uch marta ham Kot-d’Ivuar guruh bosqichidan chiqa olmagan.
Bu mavsumda Manchester Siti bosh murabbiy qaroriga ko'ra maydonga tushmayapti.
Fikrlar